Siyosat
Prezident qisqa muddatli ta’tilga chiqdi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6-yanvardan qisqa muddatli ta’tilga chiqdi.
Iqtisodiyot
O‘zbekistonning ayrim tijorat banklarida dollar 13 000 so‘mdan sotilmoqda
O‘zbekistonning ayrim banklarida AQSh dollarining sotuv kursi 13 000 va undan yuqori etib belgilandi. Sotib olish kursi esa 12 940 so‘mgacha ko‘tarildi.
O‘zbekistonda poyezd chiptalari narxi 1-fevraldan yana oshadi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi 1-fevraldan boshlab poyezd chiptalari narxi yana oshirilishini ma’lum qildi. Xususan, “Afrosiyob” biletlari 20−25 foizga, “Sharq”, “Nasaf” va “O‘zbekiston” biletlari esa 30 foizga ko‘tariladi.
O‘zbekistonning uchta davlat bankini xususiylashtirish yana keyinroqqa qoldirildi
O‘zbekistonda “Asakabank”, “O‘zsanoatqurilishbank” va “Aloqabank"ni xususiylashtirish yana keyinroqqa qoldirildi. Mamlakatning bu yirik davlat banklari aksiyalari 2025-yilda sotilishi rejalashtirilmoqda.
Jamiyat
O‘zbekistonda 6−12-yanvar kunlari ob-havo qanday bo‘ladi? “Gazeta.uz” sharhi
O‘zbekistonda joriy hafta boshi iliqroq, o‘rtalari bulutli va sovuq (ba'zi viloyatlarda qor), oxirida esa harorat asta ko‘tarilib, quruq bo‘lishi kutilmoqda. 8-yanvarga o‘tar kechasi Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida qor yog‘ishi, harorat tunda -10 darajagacha pasayishi mumkin.
Seshanbadan yana sovuq tushadi, yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda
7-yanvarda O‘zbekistonga Kaspiy dengizi hududlaridan nam va sovuq havo kirib keladi, ko‘plab hududlarda yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda. Hafta davomida kunduzgi harorat +5…+8 dan 0…-3 gacha o‘zgarib turadi.
UzAuto Motors 7-yanvar kuni Cobalt uchun yana kontraktatsiyani ochadi
UzAuto Motors 7-yanvar kuni soat 10:00 da Chevrolet Cobalt avtomobili uchun yana kontraktatsiyani ochadi.
Surxondaryoda yupun kiyimdagi o‘quvchilar sovuqda ko‘prik ochilishiga jalb qilindi
Denov tumanida yupun kiyingan o‘quvchilar madaniyat bo‘limi topshirig‘i bilan sovuq ob-havoda ko‘prik ochilishiga jalb qilindi. Bolalar ombudsmani holat bo‘yicha Madaniyat vazirligiga taqdimnoma kiritdi. Maktab direktorlariga “hayfsan” intizomiy jazosi qo‘llandi.
Buxoroda kriptoaktivlar noqonuniy aylanmasida ayblangan 17 yoshli yigit ishi yopildi
Buxoroning Jondor tumanida yashovchi 17 yoshli yigit 17 mlrd so‘mlik (1,3 mln dollar) kriptoaktivlarning noqonuniy aylanmasida gumonlanib, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi. Yigit aybiga iqror bo‘lgani va tergovga yordam bergani uchun jinoyat ishi harakatdan tugatildi.
Bokschi Shahram G‘iyosov ayiq bilan jang qilgani uchun jarimaga tortildi va uzr so‘radi
Ayiq bilan mashg‘ulot o‘tkazgan bokschi Shahram G‘iyosov 1 mln 125 ming so‘m miqdorida jarimaga tortildi. Sportchi holat boshqa qaytarilmasligini aytib uzr suradi. Ekologiya vazirligi jonivor Farg‘ona hayvonot bog‘iga topshirilganini bildirdi.
Toshkentda 10 metrlik chuqurlikka tushib ketgan fuqaro qutqarildi
FVB xodimlari Toshkentning Yashnobod tumanida 10 metr chuqurlikka tushib ketgan fuqaroni qutqardi. Fuqaro yengil tan jarohati olgan, hozirda shifokorlar nazorati ostida.
Metapnevmovirus yangi kasallik emas, ortiqcha xavotirga hojat yo‘q — SSV
SSV OAVda e’lon qilinayotgan metapnevmovirus 2001-yildan beri dunyoda qayd etilgan mavsumiy kasallik ekanini ma’lum qildi. O‘RVI bilan kasallanganlarning 1,2 foizida infeksiya aniqlangan. U O‘RVI belgilari bilan o‘tadi, ba’zan bronxiolit va pnevmoniya chaqiradi, ko‘p hollarda asoratsiz o‘tib ketadi.
Farg‘onada ikki yoshli qizni tibbiy yordamsiz qoldirgan enagaga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Farg‘onada enaga zinadan yiqilib tushgan ikki yoshli qaramog‘idagi qizchani kasalxonaga olib bormadi. Bola og‘ir jarohat olgan. Xavf ostida qoldirish holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olingan.
Fevraldan yotoqli poyezdlarning ham chiptalari qimmatlaydi
1-fevraldan mahalliy yo‘nalishlardagi yotoqli poyezdlar chiptalari ham qimmatlaydi. Biletlar narxi 10,5 foizga oshadi. Avvalroq tezyurar poyezdlarda ham narx oshishi haqida xabar berilgandi.
Andijondagi xonadonda sodir bo‘lgan gaz chaqnashi oqibatida bir kishi vafot etdi
Andijonning Marhamat tumanidagi xonadonda gaz chaqnadi. Oqibatda bir oilaning to‘rt a’zosi turli darajada tan jarohati oldi, ulardan biri vafot etdi. Hozirda holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
SSV Respublika pediatriya markazi metapnevmovirus bilan kasallangan bolalar bilan to‘lgani haqidagi xabarlarni rad etdi
Tarmoqlarda Respublika pediatriya markazi metapnevmovirusga chalingan bolalar bilan to‘lgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarlar asossiz ekanini qayd etib, holatga izoh berdi.
Surxondaryoda avtomaktablarga litsenziya berish to‘xtab qolgani yuzasidan YHXXga senator so‘rovi yuborildi
Surxondaryo viloyatida avtomaktablarga litsenziya berilmayapti. Avtodromlarga qo‘yilgan yangi talablar sabab nomzodlarni imtihonlardan o‘tkazish ishlari to‘xtatilgan. Shu munosabat bilan YHXXga senator so‘rovi yuborildi. Avvalroq “Gazeta.uz” bu muammo boshqa hududlarda ham bor ekanini yozgandi.
O‘zbekistonda elektron sigaretalar muomalasini taqiqlash taklif etilmoqda
O‘zbekistonda nikotinni iste’mol qilish moslamalari, jumladan, elektron sigaretalarning muomalasini taqiqlash hamda javobgarlik belgilash taklif etilmoqda. Shuningdek, moslamalarni respublika hududiga olib kirish yoki olib chiqishga nisbatan ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilanishi nazarda tutilmoqda.
Toshkentda havo ifloslanishini nazorat qiluvchi yana uchta avtomatik stansiya o‘rnatildi
Zamin jamg‘armasi va O‘zgidromet qo‘shma loyihasi doirasida Toshkent shahrida havo ifloslanishini nazorat qiluvchi yana uchta avtomatik stansiya ishga tushirildi. O‘zbekistonda bunday stansiyalarning umumiy soni 19 taga yetdi.
Navoiyda 3,6 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi
Dushanba kuni Navoiy viloyati Tomdi tumanida 3,6 magnitudali yer silkinishi qayd etildi.
Madaniyat
“Brutalist” eng yaxshi film, “Syogun” eng yaxshi serial — 2024-yilgi “Oltin globus” mukofoti g‘oliblari aniqlandi
5-yanvar kuni Los-Anjelesda “Oltin globus"ning 82-mukofot topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. “Brutalist” va “Emiliya Peres” eng yaxshi film deb topilgan bo‘lsa, “Syogun” hamda “Uddaburonliklar” eng yaxshi serial bo‘ldi. Demi Mur “Substansiya” filmidagi ijrosi uchun eng yaxshi aktrisa sovrinini qo‘lga kiritdi.
Jahon
AZAL reysi halokatida ayb Rossiya vakillarida — Ilhom Aliyev
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Bokudan Grozniyga uchgan Azerbaijan Airlines samolyotining halokatga uchrashiga “Rossiya Federatsiyasi vakillari” aybdor ekanini aytdi. U Rossiyadan aybdorlarni jazolashni hamda “insoniy xulq-atvor"ni talab qildi.
HAMAS Isroil bilan kelishuv evaziga 34 kishini ozod qilishga rozi bo‘ldi
HAMAS o‘z qo‘shinlarini G‘azo hududidan olib chiqib ketish va o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi bitimni imzolash evaziga 34 nafar isroillikni ozod qilishga roziligini bildirdi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan hafta Qatarda tomonlar kelishuv bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklagan.
Nyu York AQShning tig‘iz vaqtlarda markazga kirish uchun to‘lov joriy qilgan ilk shahri bo‘ldi
Nyu Yorkning markaziy ko‘chalarida tig‘iz vaqtlarda yo‘l haqi to‘lash joriy etildi. Hali AQShning hech bir shahrida bunday qoida kiritilmagandi. Manhettenga kirish narxi — kuniga 9 dollar. Shahar hukumati shu tariqa tirbandlikka qarshi kurashmoqchi va jamoat transportini rivojlantirish uchun mablag‘ yig‘moqchi.
Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!