Toshkent shahrida 5 ta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deya xabar qildi Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati.

2024-yilning 31-dekabr kuni taxminan soat 19:15 larda Yunusobod tumani Amir Temur ko‘chasida bir tasmada ketayotgan 5 ta avtomobil — BMW, Lacetti, Cobalt, Matiz va Spark o‘zaro to‘qnashuvi oqibatida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.

YTH oqibatida tan jarohat olganlar haqida xabar kelib tushmagan.

Holat yuzasidan Toshkent shahri IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari boshlangan.