O‘zbekistonda 2024-yil avvalgi yillarga nisbatan sokinroq o‘tdi, deyish mumkin. U (2023-yildagi kabi) anomal sovuqlar va (2022-yildagi kabi) blekautlarsiz o‘tdi, ammo ekologiya, energetika va transport infratuzilmasi bilan bog‘liq muammolar bu yilda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmadi. Mamlakat bir tanu bir jon bo‘lib sportchilarning Olimpiada va Paralimpiadadagi yutuqlarini kuzatib bordi, so‘nggi ikki yilda ikkinchi (parlament va mahalliy kengashlarga) saylovlarni o‘tkazdi va faol tashqi siyosat yuritishda davom etdi. “Gazeta.uz” yakuniga yetgan 2024-yil qanday o‘tganini sanalar ketma-ketligi bo‘yicha tartiblangan fotosuratlar orqali yodga olishni taklif etadi.
2023-yil dekabrida Toshkent havosi eng iflos shaharlar reytingida eng yuqori o‘rinlarga chiqdi. Bu holat 2024-yil yanvarida ham davom etdi. Yil so‘ngida yog‘ingarchiliksiz sovuq havoning turib qolishi havo sifati bilan bog‘liq muammoni yana dolzarblashtirdi. Jamoatchilik yil davomida havo ifloslanishi muammosini yanada faolroq ko‘tara boshladi. Muammoga, va nihoyat, rasmiylar ham ochiq munosabat bildirishni boshladi. Davlat organlari, jamoat tashkilotlari va siyosiy partiyalar muammoni hal qilish yo‘llarini taklif qildi, biroq bu takliflarning ko‘pi hali ro‘yobga chiqarilgani yo‘q va umuman avvalboshdanoq amalga oshirilishiga shubha bilan qaralgandi.
Foto: Yevgeniy Sorochin / “Gazeta.uz”.
Yanvarda mamlakatga elektr quvvatida harakatlanuvchi ilk chiqindi tashuvchi mashina olib kelindi. Transportni ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov qabul qilib oldi. Mashinani Jizzax viloyatida sinovdan o‘tkazish rejalashtirilgan edi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 24-yanvar kuni Pekinda Xitoy rahbari Si Szinpin bilan uchrashdi.
Foto: O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati.
Tashrif munosabati bilan Pekindagi Xitoy milliy san’at va hunarmandchilik muzeyi — Xitoy nomoddiy madaniy merosi muzeyida O‘zbekistonning tasviriy va xalq amaliy san’ati ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Toshkent xalqaro aeroportida yil davomida sezilarli o‘zgarishlar yuz berdi. Yanvar oyida bu yerda yo‘lovchilar uchun mehmonxona ochildi.
Foto: Yevgeniy Sorochin / “Gazeta.uz”.
Mamlakatda daraxtlar kesilishi bilan bog‘liq holatlar kamayganiga qaramay, axborot makonida vaqti-vaqti bilan daraxtlar kesilganiga doir chiqib qoladigan xabarlar jamoatchilikni larzaga solmoqda. Xususan, fevral boshida Qashqadaryoda kanalni rekonstruksiya qilish vaqtida 150 ta daraxt kesib tashlangani ma’lum bo‘ldi.
Tuhmat va tovlamachilikda ayblanib, 6,5 yilga ozodlikdan mahrum qilingan bloger Otabek Sattoriy 2024-yil fevralida ozodlikka chiqdi.
Fevral oyida Samarqand va Jizzax viloyatlariga kuchli shamol yopirildi. Tabiiy ofat 130 mingdan ortiq abonentning elektr ta’minotidan uzilib qolishiga sabab bo‘ldi, binolarning tomlarini uchirib yubordi.
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko fevral oyida bir necha kunni O‘zbekistonda o‘tkazdi. Rasmiy tadbirlardan so‘ng u prezident Shavkat Mirziyoyev bilan birga “Amirsoy” tog‘-chang‘i kurortiga bordi.
Foto: O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati.
Shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavallud kuni munosabati bilan “Gazeta.uz” Toshkent metropolitenining “Alisher Navoiy” stansiyasi me’mori Yashnar Mansurov bilan intervyu e’lon qildi.
Foto: Yevgeniy Sorochin / “Gazeta.uz”.
Toshkentdagi Beshyog‘och maydoni rekonstruksiya qilindi. Loyiha mualliflari bir necha o‘n yil deganda birinchi marta maydondagi “zebra"larni ochib, chorrahaga insoniy qiyofa bermoqchi bo‘lgandi. Ammo ko‘p o‘tmay bu “zebra"lardan piyodalarning yurishi taqiqlab qo‘yildi va endi ular, avvalgidek, yerosti o‘tish joyidan harakatlanishlari kerak (ammo u ko‘plab piyodalar uchun noqulay).
Foto: Toshkent shahar hokimligi.
O‘zbekistonda Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi vakolatxonasi ochildi.
Toshkentdagi “Shahidlar xotirasi” xiyobonida “Qutb bo‘risi” koloniyasida halok bo‘lgan rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy xotirlandi.
Foto: Ilya Semendeyev / “Gazeta.uz”.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining Enter Engineering kompaniyasi tomonidan qurilayotgan misni boyitish fabrikasi qurilish maydonida 20-fevral kuni tom quladi. Hodisa oqibatida Hindistonning uch fuqarosi halok bo‘ldi.
O‘zbekiston va Afg‘oniston temir yo‘l kompaniyalari rahbarlari 21-fevral kuni “Hayraton — Mozori-Sharif” yo‘lini rekonstruksiya qilishga bag‘ishlangan marosimda qatnashdi.
Foto: “O‘zbekiston temir yo‘llari”
Sud Hindistonning “Dok-1 Maks” va “Ambronol” dori vositalaridan salkam 70 nafar bolaning vafot etishi bilan bog‘liq ish bo‘yicha ayblanuvchilarga hukm chiqardi. Ko‘plab oilalar hali ham kompensatsiya pullarini olgani yo‘q.
Foto: Shohrux Xaydarov / “Gazeta.uz”.
O‘zbekistonda ayollarning yo‘lovchi avtobuslarini boshqarishiga ruxsat berildi. Suratda — Saodat Shermatova Toshkentda avtobus haydash bo‘yicha amaliy mashg‘ulotda.
Foto: “Toshshahartransxizmat”.
Buxoroda “Boqiy Buxoro” sayyohlik markazi qurilishi uchun shahar markazidagi bino va inshootlarni buzish boshlandi.
Foto: Shahzod Habibullayev / “Gazeta.uz”.
Toshkent markazida O‘zbekistondagi hozircha eng yirik savdo-ko‘ngilochar markaz — Tashkent City Mall’ning ochilishi poytaxt uchun muhim voqeaga aylandi. Mart oyida bu yerda prezident Shavkat Mirziyoyev ham mehmon bo‘ldi.
Foto: O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati.
Toshkentda 15-mart kuni tongda kuzatilgan smog. Bunday holatlar shahar ahli uchun odatiy holga aylanib ulgurdi.
Buxoro viloyati Kogon tumanida 18-mart kuni 27 o‘quvchini olib ketayotgan avtobus ag‘darildi. YTH oqibatida ikki bola halok bo‘ldi. Haydovchi yo‘lni bo‘shatishi kerak bo‘lsa-da, svetofori ishlamayotgan chorrahadan katta tezlikda o‘tib ketishga urinib, beton aralashtiradigan mashinaga borib urilgan. U oktabr oyida 9 yilga ozodlikdan mahrum etildi.
Foto: Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati.
Amir Temur xiyobonida qonunchilikni buzgan holda reklama konstruksiyasini o‘rnatishga urinish holati yuz berdi. Bu holat “Gazeta.uz"da yoritilgach, konstruksiya olib tashlandi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Navro‘z bayrami arafasida Toshkentning Yakkasaroy tumanidagi Dilbuloq mahallasida bo‘ldi. Suratda — prezident mahalla ahli bilan birga sumalak kavlayapti.
Foto: O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati.
IIV akademiyasi orkestri Chorsu bozorida bayram chiqishi qilmoqda.
Foto: Yevgeniy Sorochin / “Gazeta.uz”.
Transport vaziri Ilhom Mahkamov “Avtomobilsiz kun"da 151-avtobusda “Gazeta.uz” muxbiri Shuhrat Latipovga intervyu beryapti.
Moskvadagi “Krokus” savdo markazida yuz bergan teraktdan so‘ng Toshkentning gavjum joylarida xavfsizlik choralari kuchaytirildi.
Milliy gvardiya aprel oyida Parkent tumanida hordiq chiqarayotganlarning xavfsizligini ta’minlayapti.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev aprel oyida Tojikistonga qilgan davlat tashrifi vaqtida qo‘shni mamlakat rahbari Emomali Rahmon bilan birga.
Foto: Tojikiston prezidenti matbuot xizmati.
Shavkat Mirziyoyev Ikkinchi Jahon urushidagi g‘alabaning 79 yilligi munosabati bilan Moskvada bo‘lib o‘tgan tantanalarda.
Foto: O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati
Namangandagi 63-marta o‘tkazilgan Xalqaro gullar festivali.
Foto: Madina A’zam / “Gazeta.uz”.
Toshkentdagi jazz festivalida raqsga tushayotgan odamlar.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Toshkentga davlat tashrifi doirasida O‘zbekiston rasmiy delegatsiyasi a’zolari bilan ko‘rishmoqda.
Foto: O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati.
Bolalarni himoya qilish kunida minglab toshkentliklar “Ashxobod” bog‘idagi bepul o‘yinchoq tarqatish tadbiriga keldi. Ushbu tadbir bog‘ning o‘zida tiqilinchlarga, uning atrofida transport harakatining buzilishiga sabab bo‘ldi. Shundan so‘ng hukumat mahsulotlarni bepul tarqatish bilan bog‘liq tadbirlar o‘tkazishni taqiqlab qo‘ydi.
Toshkentning Beruniy ko‘chasidagi yon qismi mozaika bilan bezatilgan uy reklamalardan xalos etildi. 2024-yilda Toshkent shahar hokimligi maxsus dastur doirasida shahardagi barcha mozaika pannolari ustidagi reklamalarni olib tashladi.
Foto: Yevgeniy Sorochin / “Gazeta.uz”.
“Andijon” futbol klubi muxlislari uchun tribunalar.
Foto: Dilyaver Ablyakimov / Gazeta.uz.
Yil davomida Toshkentda bir necha Mercedes-Benz avtobuslari yonib ketdi. Xususan, 15-iyun kuni bir avtobus to‘liq yonib bitdi.
Toshkentning Chorsu bozoridagi yuz bergan yong‘in oqibatlari.
Foto: Yevgeniy Sorochin / “Gazeta.uz”.
Ekologiya vazirligi va Milliy gvardiya xodimlari mahsulotlarni bepul tarqatishga qarshi kurash va atrof-muhitni plastikdan muhofaza qilishga doir tadbirlar doirasida 5 mingta havo sharchalarini yoryapti.
Iyul oyida boshida magistral suv quvurining yorilib ketishi oqibatida Toshkentning Yunusobod tumani 6- va 7-mavzelaridagi ko‘p qavatli uylarning birinchi qavatlari va hovlilari suv ostida qoldi.
Foto: Yevgeniy Sorochin / “Gazeta.uz”.
Toshkentdagi “vertikal mahalla” — 16 qavatli “Marvarid” uyida musiqa maktabi ochildi.
Foto: Ilya Semendeyev / “Gazeta.uz”.
“Baxti Tashkentskiy” — “ko‘cha ishi” bo‘yicha so‘nggi sud majlisida. U 20 yilga ozodlikdan mahrum etildi.
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov O‘zbekistonga tashrifi doirasida Xivada prezident Shavkat Mirziyoyev bilan birga sayr qilyapti.
Foto: O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi guruh bosqichining ikkinchi uchrashuvida Misrga mag‘lub bo‘lib, musobaqadagi yurishini erta yakunladi.
Dzyudchi Diyora Keldiyorova Parij Olimpiadasida “oltin"ni qo‘lga kiritdi.
Toshkentning “Paxtakor” va “Alisher Navoiy” bekatlarida yangi navigatsiya tizimi paydo bo‘ldi. U transport tizimlari va navigatsiya yechimlari bo‘yicha rossiyalik dizayner Ilya Birman ko‘magida o‘zbekistonlik bir guruh mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan.
Foto: Yevgeniy Sorochin / “Gazeta.uz”.
O‘zbekistonlik muxlislar bokschi Hasanboy Do‘smatovning Olimpiya o‘yinlarida finalga chiqqanini nishonlamoqda.
O‘zbekistonlik boks murabbiyi Akmal Hasanov Parijdagi Olimpiya o‘yinlarida murabbiyi O‘yinlarga kela olmagan qirg‘izistonlik Munarbek Seyitbek uuluga yordam berdi. Bokschi Qirg‘iziston tarixida birinchi marta yarim finalga chiqdi. Qirg‘iziston o‘zbekistonlik bu murabbiyni Chingiz Aytmatov medali bilan taqdirladi.
Foto: Qirg‘iziston Madaniyat vazirligi.
Toshkent xalqaro aeroportida nihoyat to‘siqlar olib tashlanib, uchib ketayotgan yo‘lovchilar uchun kutish hududia kengaytirildi. Endi u yerga kuzatuvchilar ham bemalol kirishi mumkin.
Foto: Yevgeniy Sorochin / “Gazeta.uz”.
Parijdagi Olimpiya o‘yinlarining txekvondo bo‘yicha chempioni Ulug‘bek Rashitov taqdirlash marosimida.
Qovun festivali, Xiva, avgust.
O‘zbekistonliklar Parijdan qaytgan milliy olimpiya terma jamoasini kutib olmoqda.
Foto: Murod Yusuf / “Gazeta.uz”.
Avgustda prezident Shavkat Mirziyoyev Respublika onkologiya markazining yangi qurib bitkazilgan majmuasini borib ko‘rdi. Markaz 2024-yil oxirida ham eski binosida ishlashda davom etayotgan edi.
Foto: O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati.
Ko‘rish bo‘yicha nogironligi bor sportchi Asila Mirzayorova Parij Paralimpiadasida uzunlikka sakrash bo‘yicha musobaqalarda yangi rekord o‘rnatdi.
Elbek Sultonov Parij Paralimpiadasida yadro uloqtirish bo‘yicha musobaqalarda oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Surxondaryoning Boysun tumanidagi “Mustaqillikning 25 yilligi” gaz koni quduqlaridan birida avariya yuz berib, oltingugurt gazi ajralib chiqa boshladi. Avariya oqibatlarini bartaraf etish ishlari ikki hafta davom etib, quduq yopildi, ammo oradan ikki kun o‘tib takroriy avariya yuz berdi. Hodisa oqibatida kamida 4 kishi halok bo‘ldi, 11 kishi tan jarohati oldi. Ta’kidlanishicha, ushbu avariya oqibatlarini bartaraf etish ishlari bir necha oylarga cho‘zilishi mumkin.
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar.
Toshkentda RE/Generation kreativ yoshlar festivali bo‘lib o‘tdi.
Foto: Shohrux Haydarov / “Gazeta.uz”.
Shavkat Mirziyoyev Xivada Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan norasmiy uchrashuvda.
Sentabr oyida Toshkentda nogironligi bor bolalar ehtiyojlariga qisman moslashtirilgan O‘zbekistondagi birinchi umumta’lim maktabi ochildi.
Foto: Farzona Hamidova / “Gazeta.uz”.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi Olimpiya shaharchasi qurilish maydonida. Bu shaharcha 2025-yilda yoshlar o‘rtasidagi III Osiyo o‘yinlarini qabul qilishi kerak edi, ammo dekabr oyi boshida mezbonlik O‘zbekistondan olib qo‘yilgani ma’lum bo‘ldi.
Foto: O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati.
O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasidagi 14 yildan beri ishlamay turgan “Qorasuv” chegara-o‘tkazish punkti oktabr oyida qayta ishga tushdi.
Qoraqalpog‘istondagi Borsakelmas sho‘rhok hududida o‘tkazilgan xalqaro ekomarafon.
Shavkat Mirziyoyev va Germaniya kansleri Olaf Shols Samarqandda.
Foto: O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati.
O‘zbekiston aeroportlari fotosuratchilar uchun ochilishda davom etdi. Farg‘ona aeroportidagi birinchi rasmiy aviaspotting 29-sentabr kuni bo‘lib o‘tdi.
Foto: Amir Atajanov / “Gazeta.uz”.
Toshkent davlat agrar universitetning yonib ketgan binosi ahvoli, 2-oktabr.
Foto: Shohrux Haydarov / “Gazeta.uz”.
Toshkentning Eski shahar qismidagi Zarqaynar ko‘chasida obodonlashtirish ishlari olib borilayotgan vaqtda qulagan uy xarobalari.
Foto: Dilyaver Ablyakimov / “Gazeta.uz”.
Futzal bo‘yicha Braziliya terma jamoasi O‘zbekistonda o‘tgan jahon chempionatida g‘olib chiqdi.
Foto: Murod Yusuf / “Gazeta.uz”.
Futbol bo‘yicha 2026-yilgi jahon chempionatiga saralash bosqichining uchinchi raundi doirasida Toshkentda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston — Eron (0:0) uchrashuvidan lavha.
Foto: Yevgeniy Sorochin / “Gazeta.uz”.
Amerikaning 30 Seconds To Mars musiqa guruhining Toshkentdagi “Humo Arena"dagi konserti.
Foto: Yevgeniy Sorochin / “Gazeta.uz”.
O‘zbekistonda parlament saylovlari.
Foto: Ma’murjon Obrahmatov / “Gazeta.uz”.
Boysunliklar gaz koni qudug‘ida yuz bergan avariya ularning salomatligiga qanday ta’sir qilgani haqida so‘zlab beryapti.
Toshkent atrofidagi “yashil belbog‘"ni ekish tadbiri. Unda prezident ham qatnashdi.
Foto: O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati
Ozarbayjonlik tadbirkor Emin Agalarov prezident Shavkat Mirziyoyevga Chorvoq sohillarida quriladigan sayyohlik markazi loyihasi haqida ma’lumot bermoqda.
Foto: O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati.
Toshkentda obodonlashtirish xodimlari mavsumning ilk qor bo‘ronidan so‘ng ko‘chalarni qordan tozalashga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Foto: Murod Yusuf / “Gazeta.uz”.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan evakuatsiya qilingan falastinliklar Toshkent viloyatidagi sanatoriylarning birida.