Prezident qarori bilan Abduzuxurov Jamshidjon Tolibovich qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi, deya xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.
Jamshidjon Abduzuxurov 1983-yilda tug‘ilgan, 2004-yilda Samarqand qishloq xo‘jaligi institutini bakalavr, 2008-yilda magistratura bosqichlarini hamda 2017-yilda Janubiy Koreyaning Konkuk universitetini tamomlagan, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
2018−2023-yillarda vazirlikning Sabzavotchilik, kartoshkachilik va poliz ekinlari boshqarmasi bosh mutaxassisi, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, Texnik, moyli, dorivor o‘simliklar va chorvachilikning ozuqa bazasini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i, Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish departamenti boshlig‘i o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.
U tayinlovga qadar Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish departamenti boshlig‘i bo‘lib ishlagan.