Leyli Pulatovna Seitova Qoraqalpog‘iston ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri lavozimiga tayinlandi, deya xabar bermoqda Jo‘qorg‘i Kenges.
Leyli Seitova 1970-yil 23-iyulda Nukus shahrida tug‘ilgan. 1992-yilda Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetini iqtisod bo‘yicha tamomlagan.
U tayinlovga qadar Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, quyi palataning Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi a’zosi, Nukus tumani moliya bo‘limi boshlig‘i va boshqa lavozimlarda faoliyat olib borgan.
Yangi lavozimda Seitova Maqsud Djumaniyazov o‘rnini egalladi.