O‘zbekiston maktablarida joriy o‘quv yilidagi qishki ta’til 29-dekabrdan 11-yanvarga qadar davom etadi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.
Vazirlikning qayd etishicha, bu sanalar oralig‘i ota-onalar, o‘quvchilar va pedagoglarga qulaylik yaratish hamda o‘quv jarayonlarining uzluksizligini ta’minlash maqsadida tanlangan.
Bunda maktablarda 2025-yil 11-yanvar (shanba) kuniga belgilangan darslar 2024-yil 28-dekabr (shanba) kuniga o‘tkaziladi hamda o‘quv yilining 3-choragi 2025-yil 13-yanvar (dushanba)dan boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, OTM talabalari va texnikum, kasb-hunar maktabi, akademik litseylar o‘quvchilari 25-dekabrdan qishki ta’tilga chiqadi. Darslar 8-yanvardan boshlanishi belgilangan.
Talabalar uchun samolyot va poyezd uchun chiptalarga 50 foizgacha bo‘lgan chegirmalar e’lon qilingan. Shuningdek, Toshkent shahridagi ikkita oliygohda chipta sotib olish uchun sayyor kassalar tashkil qilingan.