Mobiuz o‘zining 10 yillik yubileyi munosabati bilan abonentlarini keng ko‘lamli aksiyalar va yorqin tadbirlar bilan quvontirishda davom etmoqda. Ulardan biri – uchta BYD Song Plus Champion avtomobilini yutib olish imkoniyatini beruvchi MobiDRIVE aksiyasi. Aksiya bo‘yicha ilk avtomobil Navoiy viloyatidan bo‘lgan Munisa Murodillayevaga nasib qildi.
MobiDRIVE aksiyasi Mobiuz’ning ham yangi, ham amaldagi abonentlari o‘rtasida o‘tkazilmoqda. Yangi abonentlar ishtirok etish uchun yangi raqamni oylik abonent to‘lovi 35 ming so‘mdan yuqori bo‘lgan istalgan tarif rejasiga ulanishi kerak (jismoniy shaxslar uchun). Amaldagi abonentlar esa xuddi shunday tarif rejalarida *2024# USSD-kodini terib, aksiya ishtirokchisiga aylanishi mumkin.
Birinchi BYD avtomobili 2024-yil 1-iyundan 31-avgustgacha aksiya shartlarini muvaffaqiyatli bajargan ishtirokchilar o‘rtasida o‘ynaldi. G‘olib Mobiuz’ning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari jonli efirida onlayn tasodifiy tanlash tizimi yordamida aniqlandi.
Munisaning aytishicha, uning turmush o‘rtog‘i aksiya haqida bilgan va unga Mobiuz’ga ulanishda yordam bergan. Abonent 31-avgustda, ya’ni aksiyaning birinchi bosqichida ishtirok etishning so‘nggi kuni ulangan. Ular buning uchun Navoiy viloyatidagi Mobiuz’ning tijorat hamkori savdo shoxobchalaridan biriga murojaat qilgan.
“Kompaniyadan qo‘ng‘iroq qilib, jonli efirda g‘alaba haqida xabar berishganida, ishonolmay qoldim! Bu tasavvur qilib bo‘lmaydigan hayajon edi. Bunday kutilmagan sovg‘a uchun Mobiuz’dan minnatdorman. Bu avtomobil hayotimni o‘zgartiradi va men kompaniyaning 10 yilligining bir qismiga aylanganimdan xursandman”, – deydi Munisa o‘z his-tuyg‘ulari bilan o‘rtoqlasharkan.
Mobiuz Navoiy viloyatida g‘olib abonent ulangan savdo nuqtasiga egalik qiluvchi tijoriy hamkorini ham e’tibordan chetda qoldirmadi. Kamoliddin Media xususiy korxonasi rahbari va uning xodimi kompaniya rivojiga qo‘shgan hissasi uchun pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
Mobiuz MobiDRIVE aksiyasi davom etayotgani va BYD Song Plus Champion avtomobillari o‘zlarining baxtli egalarini kutayotganini eslatib o‘tadi. Ikkinchi avtomobil 12-dekabr kuni soat 15:00 da Mobiuz’ning Instagram akkaunti va YouTube sahifasi orqali jonli efirda o‘ynaladi.
MobiDRIVE aksiyasi nafaqat avtomobil yutib olish imkoniyatini beruvchi, balki kompaniyaning o‘z abonentlariga bo‘lgan ishonchini ko‘rsatuvchi vositadir. Mobiuz har bir mijoz o‘zini o‘zgacha his qilishi, kompaniya xizmatlari esa yanada qulay va yoqimli bo‘lishi uchun barcha choralarni ko‘rmoqda.
Kompaniya barcha abonentlarga ishonch va qo‘llab-quvvatlayotgani uchun minnatdorlik bildiradi. Operator erishilgan yutuqlar bilan cheklanib qolmaydi va qiziqarli takliflar, aksiyalar hamda manfaatli tariflar bilan xursand qilishni davom ettiradi.
MobiDRIVE aksiyasining batafsil shartlari bilan havola orqali tanishib olish mumkin.
Reklama huquqlari asosida.