Siyosat
Mojaroli hududlardan qaytganlarni reintegratsiyalash tajribasini boshqa mintaqalarda ham joriy etish taklif etilmoqda
O‘zbekiston tashabbusi bilan tuzilgan Qurolli mojaroli hududlardan qaytarilgan shaxslarni reabilitatsiya va reintegratsiya qilish bo‘yicha mintaqaviy kengash bu borada xalqaro sa’y-harakatlarni safarbar etish markazi vazifasini bajara oladi. Mazkur masala BMTning Nyu-Yorkdagi tadbirida muhokama qilindi.
Abdulaziz Komilov Turkmanistonning “Hurmatli el yoshullisi” unvoni bilan taqdirlandi
Prezidentning tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili Abdulaziz Komilov Turkmanistonning “Hurmatli el yoshullisi” unvoni bilan taqdirlandi. Qolaversa, unga “Maxtumquli Firog‘iyning 300 yilligi” yubiley medali topshirildi.
Iqtisodiyot
Markaziy bank asosiy stavkani yillik 13,5 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi
Markaziy bank asosiy stavkani yillik 13,5 foiz darajasida saqlab qoldi. “Aholi birlamchi ehtiyojlari bo‘yicha ayrim xarajatlar o‘zgarishi va ob-havo sovushi bilan energiya narxlari erkinlashtirilishining ikkilamchi ta’sirlari yuzaga chiqishi inflyatsion kutilmalarda ham namoyon bo‘lmoqda”, — deya qayd etgan regulyator.
2025-yilda ota-onalardan darsliklar ijarasi uchun to‘lov undirilmaydi
Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2025-yil uchun Davlat budjetida ko‘rsatilgan mablag‘ yangi o‘quv yilida o‘quvchilarni darsliklar va mashq daftarlari bilan ta’minlash bo‘yicha ehtiyojni to‘liq qoplash imkonini berishini ta’kidladi. Vazirlikka ko‘ra, ota-onalardan ijara uchun qo‘shimcha to‘lov undirish rejalashtirilmagan.
Ikkilamchi avtomobil bozorida o‘rtacha narxlar pasayishda davom etmoqda — MHTI
MHTI tahlili natijalariga ko‘ra, noyabr oyida ham ikkilamchi avtomobil bozorida o‘rtacha narxlar pasayishda davom etdi. Jumladan, kam foydalanilgan Onix`ning o‘rtacha narxi 5,4 foizga pasaydi. Mahalliy lyuks avtomobillar va elektromobillar narxlarida esa sezilarli o‘zgarish kuzatilmadi.
Noyabrda O‘zbekistonda sezilgan inflyatsiya darajasi oxirgi 15 oydagi maksimumga yetdi
Noyabrda O‘zbekiston aholisi orasida sezilgan inflyatsiya darajasi 14,1 foizgacha ko‘tarildi, deya xabar berdi Markaziy bank. Bu oxirgi 15 oydagi maksimal ko‘rsatkich hisoblanadi. Respondentlarning aksariyati go‘sht, sut, benzin, yoqilg‘i, elektr energiyasi va gaz narxlari keskin oshganini qayd etgan.
Prezident eskrou tizimi bo‘yicha huquqiy asos yaratishni buyurdi
Shavkat Mirziyoyev uy-joy qurilishi sohasidagi insofsiz biznesga to‘lov tizimining tartibsizligi, raqamlashtirish va oshkoralik yo‘qligini sabab qilib ko‘rsatdi. U banklar quruvchi va xaridor o‘rtasida kafil bo‘lib, aholi mablag‘larini kafolatlaydigan eskrou tizimi bo‘yicha huquqiy asos yaratish topshirig‘ini berdi.
Jamiyat
Hafta oxiriga kelib havo keskin soviydi, kechasi harorat -13 darajagacha pasayishi kutilmoqda
O‘zgidrometning xabar berishicha, 15−17-dekabr kunlari O‘zbekiston hududiga sovuq havo oqimi kirib keladi. Yomg‘ir va qor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, harorat kechasi −8…−13 darajagacha, kunduzi 0…-5 darajagacha pasayadi.
O‘zbekiston maktablarida qishki ta’til 29-dekabrdan boshlanadi
O‘zbekistonda maktab o‘quvchilari 29-dekabrdan qishki ta’tilga chiqadi. 3-chorak darslari 13-yanvardan boshlanadi.
Rossiyada mushkul ahvolda qolgan oila O‘zbekistonga qaytarildi
Rossiyaning Sverdlovsk viloyatida mushkul ahvolda qolgan ayol va uning to‘rt nafar farzandi O‘zbekistonga qaytarildi. Ayol turmush o‘rtog‘i va bolalari bilan sentabrda vaqtincha ishlash maqsadida Sverdlovskka borgan. Biroq erkak noqonuniy migratsiya sabab qo‘lga olingan.
Osma ko‘prik, kuzatuv minorasi, metroga kirish — Toshkentdagi Qodiriy bog‘i uchun rejalar
Prezidentga Toshkentdagi Abdulla Qodiriy bog‘ini rekonstruksiya qilish konsepsiyasi taqdim etildi. Bu yerda yangi daraxtlar ekiladi, kuzatuv minorasi va osma ko‘prik quriladi, metroga kirish qismi ochiladi va uning oldida maydon, tepasida esa gastro-xoll quriladi. Konsepsiya suratlari.
Qarshi davlat texnika universiteti tashkil etiladi
Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, TATU Qarshi filiali va TKTI Shahrisabz filiali negizida Qarshi davlat texnika universiteti tashkil etiladi. Mazkur oliygohlar talabalari o‘qishini yangi OTMda davom ettiradi.
“Osuda muhitda dam olishni istagan aholi talablariga javob beradi”. Prezidentga Do‘stlik bog‘i loyihasi taqdim etildi
Prezidentga Toshkentdagi Do‘stlik (sobiq Bobur) bog‘ini rekonstruksiya qilish loyihasi taqdim etildi. Daraxtlarni ko‘paytirish, to‘siqsiz muhit yaratish, xiyobonni kengaytirish kabilar reja qilinmoqda. “Bog‘ osuda muhitda dam olishni istagan aholi talablariga to‘liq javob beradi”, — dedi loyihachi.
Teatr va sirk artistlariga malaka toifasi beriladi
Hukumat qarori bilan teatr va sirk artistlariga ham malaka toifasi berilishi belgilandi. Malaka toifasi yilda bir marta belgilanadi va badiiy kengash xulosasi asosida muassasa direktori buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
Raqobat qo‘mitasi yirik savdo tarmoqlariga Yangi yil arafasida narxlarni nazorat qilib borishni topshirdi
Raqobat qo‘mitasi yirik savdo tarmoqlariga Yangi yil arafasida narxlarni nazorat qilib borish bo‘yicha topshiriqlar berdi. Chakana savdo tarmoqlari qo‘mitani narxning oshishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan omillar to‘g‘risida ogohlantiradi.
Jahon
Time jurnali Trampni yil odami deb topdi
AQShga ikkinchi marta prezident etib saylangan Donald Tramp Time jurnali tomonidan 2024-yil uchun yil odami deb topildi. U oldin ham — 2016-yilda ilk bor prezident bo‘lganida bu nomga ega chiqqandi.
“Oxirigacha kurashaman”. Janubiy Koreya prezidenti isyon bo‘yicha ayblovlarni rad etdi
Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol harbiy holat joriy etish qarori “davlat ishlarini normallashtirish” uchun to‘g‘ri va zarur bo‘lganini aytdi. U isyon ko‘tarishda ayblanish va iste’foga chiqishga da’vatlarni rad etib, oxirigacha kurashishga va’da berdi.
Rossiya “yaqin kunlarda” Ukrainaga yana “Oreshnik” bilan zarba berishi mumkin — AQSh
Rossiya “yaqin kunlarda” Ukrainaga zarba berish uchun o‘rta masofali “Oreshnik” eksperimental ballistik raketasini yana ishlatishi mumkin, deb ogohlantirdi AQSh razvedkasi.
Bolgariya va Ruminiya 1-yanvardan Shengen zonasining to‘laqonli a’zosi bo‘ladi
Yevropa Ittifoqi Kengashi 2025-yil 1-yanvardan Bolgariya va Ruminiya bilan quruqlikdagi chegaralarda nazoratni bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu ikki davlat YeIga qo‘shilganidan 17 yil o‘tgach, Shengen zonasining to‘laqonli a’zosiga aylanmoqda.
Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!