Komik aktrisa, “Mirzo” teatri a’zosi Halima Ibragimova 7-dekabr kuni vafot etdi. Bu haqda Mirzabek Holmedovning o‘g‘li Ulug‘bek Holmedov va O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova o‘z Instagram sahifalarida ma’lum qildi.

vafot etdi, некролог, ҳалима ибрагимоva

vafot etdi, некролог, ҳалима ибрагимоva

Halima Ibragimova 1979-yili Toshkentda tug‘ilgan. Uning ikki farzandi bor. Aktrisa Toshkent davlat san’at instituti drama aktyorligi bo‘limida tahsil olgan.

Avvalroq u sog‘lig‘idagi muammolar tufayli ijtimoiy tarmoqlarda ko‘rinmay qolgandi va “sog‘lig‘ida ozgina muammo bo‘lgani, davolanish ishlari davom etayotganini” aytgandi.