Vazirlar mahkamasining qarori bilan Muzaffar Murotovich Komilov O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori etib tayinlandi, deb xabar qildi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita matbuot xizmati.
Akademiyaning avvalgi rektori, ushbu lavozimda 2023-yil sentabr oyidan beri ishlab kelgan Uyg‘un G‘afurov boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan egallab turgan lavozimidan ozod etilgan edi.
Bungacha Muzaffar Komilov 2022-yil fevral oyidan prezidentning jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi (keyinchalik bu lavozim prezidentning din va millatlararo munosabatlar bo‘yicha maslahatchisi etib o‘zgartirilgan) lavozimida ishlab kelgan.
Bundan tashqari, u Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari (2018−2022) va O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori (2021−2023) lavozimlarida ham ishlagan.