Siyosat
Iqlim o‘zgarishlari geosiyosiy ziddiyatlar kuchayishiga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda — Shavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev COP 29`dagi nutqida iqlim o‘zgarishlari asosiy global tahdidga aylanib borayotgani, geosiyosiy ziddiyatlar kuchayishiga bevosita ta’sir ko‘rsatayotganini ta’kidladi. Prezident global iqlim o‘zgarishlari oqibatlarini birgalikda bartaraf etishda qator takliflarni bildirdi.
Shavkat Mirziyoyev Finlyandiya prezidenti bilan uchrashdi
Boku shahridagi COP29 sammiti doirasida O‘zbekiston va Finlyandiya prezidentlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tomonlar hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari, jumladan, sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, ta’lim va ekologiya sohalaridagi almashinuvlarni mustahkamlash masalalariga to‘xtaldi.
Iqtisodiyot
Haydalgan avtomobillar narxlari oktabr oyida qanday o‘zgardi?
Oktabrda ikkilamchi bozorda Chevrolet Lacetti, Damas va Labo avtomobillarining narxi pasayishda davom etdi, deyiladi MHTI sharhida. Spark`ning o‘rtacha narxi biroz oshdi, Cobalt va Nexia`niki esa deyarli o‘zgarmadi. O‘rtacha va ko‘p masofa bosib o‘tgan Equinox va BYD Han narxlari mos ravishda keskin pasaydi.
Jamiyat
Jilovlab bo‘lmayotgan kon, zaharlanayotgan aholi: Boysunda endi nima bo‘ladi?
Sentabr boshida tinchligi buzilgan Boysun hali halovat topgani yo‘q. Falokat yuz bergan “M-25” gaz koni atrofidan hali ham xavotirli videoyozuvlar tarqalib turibdi. “Gazeta.uz” jamoasi noyabr boshida tumanda bo‘lib, avariyadan ikki oy o‘tib, vaziyat qanchalik o‘zgarganini o‘rgandi. Videoreportaj.
“Milliy tiklanish” partiyasi LGBT targ‘ibotini taqiqlovchi qonun ishlab chiqmoqda. Tafsilotlar
“Milliy tiklanish” partiyasi yetakchisi Alisher Qodirov AQShning saylangan prezidenti Donald Trampning noto‘liq iqtibosiga izoh berib, LGBT targ‘ibotini taqiqlovchi qonun ishlab chiqilishini aytdi. “Milliy tiklanish"ning “Gazeta.uz"ga aniqlik kiritishicha, loyiha hozircha faqat partiyaning o‘zida shakllantirilmoqda.
Toshkent viloyatida bedarak yo‘qolgan ayolning jasadi kanaldan topildi
Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanidan oqib o‘tuvchi Qorasuv kanalidan 23 yoshli ayolning murdasi topildi. U bir necha kun oldin uyidan chiqib ketib, qaytib kelmagan.
Kommunal to‘lovlarni undirish tartibi o‘zgarmoqda
Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan qarzdor iste’molchilardan kommunal to‘lovlarni undirish tartibiga o‘zgartirish kiritilmoqda.
Toshkentda bir kunda ikkita “garmoshkali” avtobus ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Dushanba kuni Toshkentning Uchtepa tumanida King Long rusumli “garmoshkali” avtobus haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida transport yo‘l chetidagi ko‘chatlar sotiladigan joyga kirib ketdi. Kechga yaqin yana bir avtobus Lacetti bilan to‘qnashdi. Hozirda ikkala holat ham IIBB YHXB tomonidan o‘rganilmoqda.
Jizzaxda xalqaro terrorchilik tashkilotlarining materiallarini tarqatib kelgan yigitga hukm o‘qildi
Sharof Rashidov tumanida 27 yoshli yigit xalqaro terrorchilik tashkilotlarining materiallarini tarqatib va moliyaviy qo‘llab-quvvatlab kelgani aniqlandi. Sud hukmi bilan u 8 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi.
O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi kooperativi to‘g‘risidagi qonun imzolandi
Prezident fermerlarning birgalikda ishlashi uchun birlashishiga imkon beruvchi qishloq xo‘jaligi kooperativi to‘g‘risidagi yangi qonunni imzoladi. Hujjatga kooperativlarning uyushmaga majburiy a’zoligini kiritish rejalashtirilgan bo‘lsada, bu norma parlamentning quyi palatasidayoq chiqarib tashlangan.
“Ma'naviyat ekspertizasi” loyihasi media mahsulotlarga senzura qo‘ymaydi — Ma’naviyat va ma’rifat markazi
Ma’naviyat va ma’rifat markazi media mahsulotlar “ma'naviy ekspertiza"dan o‘tkazilishi haqidagi muhokamalar bo‘yicha munosabat bildirdi. Unda qayd etilishicha, loyiha media mahsulotlarga senzura qo‘ymaydi, OAV, jurnalistlar, ijodkorlar va blogerlarning ijod erkinligiga daxl qilinmaydi.
Orolbo‘yida ekologik muammolarga bag‘ishlangan Climate Expo ko‘rgazmasi va “Orol vodiysi” iqlim texnologiyalari ekspo-xabi tashkil etiladi
Orolbo‘yi hududini barqaror rivojlantirish yo‘lida xalqaro hamjamiyatni keng jalb etish maqsadida Mo‘ynoqda “Orol tabiati laboratoriyasi"ni tashkil etiladi. Shuningdek, Orolbo‘yida ekologik muammolarga bag‘ishlangan ko‘rgazma va “Orol vodiysi” iqlim texnologiyalari ekspo-xabi tashkil etish rejalashtirilmoqda.
Toshkentda korxonalarning qattiq yoqilg‘idan foydalanishini tekshirish bo‘yicha reyd o‘tkazilmoqda
Mahallalar uyushmasi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i Furqat Mahmudxo‘jayev issiqxonalar sabab poytaxt havosi keskin yomonlashayotgani haqida murojaat bilan chiqdi. Shahar hokimligi holat yuzasidan ishchi guruh tuzilib, korxonalarni tekshirish ishlari olib borilayotganini ma’lum qildi.
“Siz ham kichkinaligingizda nonga navbatga turganmisiz?”
Navbat — o‘zbekistonliklar uchun og‘riqli mavzulardan. X (sobiq Twitter) tarmog‘ida boshlangan shu mavzudagi bir muhokama sabab, qaysidir ma’noda, O‘zbekistonning yaqin o‘tmishiga bir nazar tashlandi. Foydalanuvchilar non, un, yog‘ uchun navbatga turganini esladi. Biz ularning javoblarini bir sahifaga to‘pladik.
Sport
Afruza Hamdamova shaxmat bo‘yicha ikki karra jahon chempioni bo‘ldi
O‘zbekistonning 15 yoshli shaxmatchisi Afruza Hamdamova Braziliyada o‘tkazilgan 16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida 10 ta g‘alaba va bitta durang qayd etib, muddatidan oldin g‘olib bo‘ldi. Bu uning faoliyatidagi ikkinchi chempionlik unvoni hisoblanadi.
“Ularni yaqinlashtirmaslikka harakat qilishimiz kerak”. Eldor Shomurodov — O‘zbekistonning Qatarga qarshi o‘yini haqida
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining jahon chempionatiga chiqish imkoniyati yuqori, dedi jamoa sardori Eldor Shomurodov. Unga ko‘ra, Qatarga qarshi bo‘lajak o‘yinda futbolchilar uch ochko qo‘lga kiritishga harakat qiladi.
Jahon
Xitoyda avtomobil odamlar ustiga bostirib bordi, 35 kishi halok bo‘ldi
Xitoyning Chjuxay shahrida avtomobil odamlar orasiga kirib bordi. Oqibatda 35 kishi halok bo‘ldi, 43 kishi jarohatlandi. Avtomobilni boshqargan 62 yoshli erkak ushlandi, u oilaviy muammo sababli shunday qilgani aytilmoqda.
FT: Ukraina o‘z “g‘alaba rejasi"ning ikkita bandini Tramp uchun maxsus ishlab chiqqan
Ukraina taklif etgan “g‘alaba rejasi"ning ikkita bandi Donald Tramp uchun maxsus ishlab chiqilgan, deb yozadi Financial Times. Ukraina resurslaridan birgalikda foydalanish va Yevropadagi AQSh qo‘shinlarini ukrainlarga almashtirish bandlari shular jumlasidan.
Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!