O‘zbekistonda o‘tkazilgan aralash jang san’ati (MMA) turlari bo‘yicha jahon chempionatida o‘zbekistonlik sportchilar jami hisobda 30 ta medalga ega chiqdi: uning 18 tasini o‘smirlar, 12 tasini yoshlar qo‘lga kiritdi.

18−21 yoshli sportchilar umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Ular bellashuvlarda 4 ta oltin, 4 ta kumush va 10 ta bronza medallarini jamg‘ardi.

Oltin medal

  • -65.8 kg: Zafarjon Asatov;
  • -97 kg: Mirjalol Uralov;
  • -65.8 kg: Muzayana Sadriddinova;
  • -79.4 kg: Xurshida Roziqova.

Kumush medal

  • -52.2 kg: Firdavs Atamuradov;
  • -83.9 kg: Sarvarbek Hasanov;
  • -70.3 kg: Ra’no Nasriddinova;
  • -74.8 kg: Mahliyo Abdumannopova.

Bronza medal

  • -56.7 kg: Shohjahon Temirov;
  • -61.2 kg: Ilhomjon Borisov;
  • -65.8 kg: Suhrob Boymatov;
  • -88.4 kg: Islombek Quvonchiyev;
  • -93 kg: Yusufboy Ahmedov;
  • -97 kg: Mirzohid Sobirov;
  • +97 kg: Muhsinjon Mo‘minjonov;
  • -65.8 kg: Odinaxon Abdug‘aniyeva;
  • -74.8 kg: Shohsanam Amaniyazova;
  • -79.4 kg: Xadichabonu Tursunqulova.

21−25 yoshdagi sportchilar ham musobaqada umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Ular 3 ta oltin, 1 ta kumush va 8 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Oltin medal

  • -61.2 kg: Jamshid Tillayev;
  • -65.8 kg: Zafar Rashidov;
  • -97 kg: Asrorbek Anvarjonov.

Kumush medal

  • -52.2 kg: Qarshi Usmonov.

Bronza medal

  • -56.7 kg: Firdavs Hayitmatov;
  • -93 kg: Shamshod Shukurov;
  • -97 kg: Islombek Qodirov;
  • +97 kg: Humoyiddin Muxtorov;
  • -46.7 kg: Natalya Kadirova;
  • -70.3 kg: O‘g‘iloy Jumanova;
  • -74.8 kg: Gulsara Kazakbayeva;
  • -79.4 kg: Mashhura Yo‘ldosheva.