Erkinjon Turdimov Samarqand viloyati hokimi lavozimiga qayta tasdiqlandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar qildi.

Prezident tomonidan Samarqand viloyati hokimi lavozimiga nomzodi ko‘rsatilgan Turdimov Xalq deputatlari Samarqand viloyati kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasida tasdiqlandi.

Erkinjon Turdimov 2018-yil iyuldan beri Samarqand viloyati hokimi lavozimida ishlab keladi.

Erkinjon Turdimov 1969-yilda tug‘ilgan. U 1991−1995-yillarda O‘zsanoatqurilishbank hududiy bo‘limlariga rahbarlik qilgan, 1996-yilgacha Zarafshon hokimi o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. 2008−2016-yillarda Navoiy viloyati hokimi bo‘lgan.

2016-yil dekabridan Samarqand viloyatiga hokim bo‘lguncha Surxondaryo viloyatini boshqarib kelayotgan edi.