Buxoro viloyati Shofirkon tumanida ayol 9 yoshli qiziga jarohat yetkazdi. Bolalar ombudsmani holat yuzasidan munosabat bildirdi.
Idora ma’lumotlariga ko‘ra, 34 yoshli ayol 25-oktabr kuni uyining oshxonasida 9 yoshli qizining yuzi va qo‘llariga qizigan kapgirni bosib olgan.
Qizga nisbatan sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan. Hozirda u tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilib, shifokorlar tomonidan zaruriy tibbiy xizmat ko‘rsatilmoqda.
Holat yuzasidan Shofirkon tuman IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan M.J. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 126−1-moddasi (Oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.