O‘zbekistonda 27-oktabr kuni soat 8:00 da Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda xalq deputatlari viloyat, shahar va tuman kengashlariga saylov uchastkalari ochilgan edi. Ovoz berish jarayoni 20:00 ga qadar davom etadi.

Soat 13:00 ga kelib, ro‘yxatga olingan jami 19 944 859 saylovchining 47,62 foizi (9 498 589 nafari) ovoz berdi va shu tariqa parlament saylovlari bo‘lib o‘tgan deb topildi. 15:00 ga kelib, davomat 62 foizdan oshdi.

Kun davomida prezident, hukumat rahbari va a’zolari, hududlarning rahbarlari, shuningdek, saylovda qatnashayotgan beshala partiyaning yetakchilari ovoz berdi. Xorijiy davlatlardagi saylov uchastkalarida ham ovoz berish jarayonlari davom etdi, xususan, Moskvada saylovchilarning katta navbati yuzaga keldi.

Ayrim joylarda saylov bayramga aylanib ketgan — odamlar kuy-qo‘shiqlar aytgan, raqsga tushgan; ba’zi saylov uchastkalariga yosh kelin-kuyovlar kelgan. Yoshi ulug‘ keksalarning saylov uchastkalariga kelishi, butun oila a’zolari bilan birga ovoz berishi ham alohida e’tirof etildi.

Ovoz berish jarayonidagi eng sust faollik Toshkent shahrida kuzatilmoqda. 15:00 holatiga ko‘ra Toshkent shahrida ro‘yxatga olingan jami saylovchilarning 55,58 foizi ovoz bergan. “Gazeta.uz” muxbirlari Toshkentdagi bir qator saylov uchastkalarida jarayonni kuzatdi.

576-saylov uchastkasi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida tashkil etilgan 576-saylov uchastkasida, jumladan, O‘zbekiston Senati raisi Tanzila Norboyeva nevarasi bilan birga ovoz berdi.

Foto: Yevgeniy Sorochin / “Gazeta.uz”Foto: Yevgeniy Sorochin / “Gazeta.uz”

572-saylov uchastkasi

Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazida tashkil etilgan 572-saylov uchastkasida saylov komissiya a’zolari tashqi ko‘rinishlari bilan-da bayramona kayfiyatni yuzaga keltirdi.

Foto: Yevgeniy Sorochin / “Gazeta.uz”Foto: Yevgeniy Sorochin / “Gazeta.uz”

Foto: Yevgeniy Sorochin / “Gazeta.uz”Foto: Yevgeniy Sorochin / “Gazeta.uz”

Foto: Yevgeniy Sorochin / “Gazeta.uz”Foto: Yevgeniy Sorochin / “Gazeta.uz”

Foto: Yevgeniy Sorochin / “Gazeta.uz”Foto: Yevgeniy Sorochin / “Gazeta.uz”

Foto: Yevgeniy Sorochin / “Gazeta.uz”Foto: Yevgeniy Sorochin / “Gazeta.uz”

Foto: Yevgeniy Sorochin / “Gazeta.uz”Foto: Yevgeniy Sorochin / “Gazeta.uz”

16-saylov uchastkasi

Toshkentning Markaz-1 dahasidagi “Oqibat” mahalla fuqarolar yig‘ini binosida 16-saylov uchastkasi tashkil etilgan. Mazkur mahalla idorasi ko‘rish imkoniyati cheklangan shaxslar uchun moslashtirilgan — bino atrofidagi yo‘llar va ichkarisidagi pollarga taktil plitalar yotqizilgan, ayrim lavhalardagi yozuvlar Brayl alifbosida ham takror berilgan.

Foto: Ma’murjon Obrahmatov / “Gazeta.uz”Foto: Ma’murjon Obrahmatov / “Gazeta.uz”

Toshkent shahar hududiy saylov komissiyasi