Siyosat

dayjest

Andijon viloyatiga yangi prokuror tayinlandi

2020-yildan beri Bosh prokuraturaning boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlagan Murodullo Abduhakimov Andijon viloyati prokurori lavozimida ish boshladi.


dayjest

Shavkat Mirziyoyev Tatariston Respublikasining “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi

Qozon shahriga tashrif doirasida prezident Shavkat Mirziyoyevni Tatariston Respublikasining davlat mukofoti — “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.


dayjest

Konstruktiv muloqot orqali global murosaga erishish da’vatlarini qo‘llab-quvvatlayman — prezident

O‘zbekiston prezidenti Qozonda o‘tkazilgan “BRIKS plyus” sammitida jahondagi boshqaruv institutlarini isloh qilishga, “Janub-Janub” va “Shimol-Janub” formatlaridagi muloqotni kengaytirishga chaqirdi. Shuningdek, G‘azo va Livandagi gumanitar fojiani hamda Afg‘onistondagi vaziyatni tilga oldi.


dayjest

Senatorlar davlat sirlarini himoya qilish bo‘yicha yangi qonunni ma’qulladi

Senat 1993-yildan beri amalda bo‘lgan “Davlat sirlarini himoya qilish to‘g‘risida"gi qonunning yangi tahririni ma’qulladi. Hujjatda davlat sirlarining alohida toifalari, ularni himoya qilish sohasidagi organlarning vakolatlari, maxfiylik darajasi va ma’lumotlarni maxfiylashtirish muddati belgilanmoqda.


dayjest

O‘zagroinspeksiya yana hukumat bo‘ysunuviga qaytdi

2022-yilda Qishloq xo‘jaligi vazirligiga o‘tgan O‘zagroinspeksiya Vazirlar Mahkamasi bo‘ysunuviga qaytarildi. Unga import qilinadigan ekinlar urug‘ini GMO mavjudligi bo‘yicha tekshirish, tashkilotlarda qishloq xo‘jaligi, melioratsiya, yo‘l-qurilish texnikalarining texnik holatini nazorat qilish ham yuklatildi.


dayjest

Vazirlar Mahkamasi huzurida Migratsiya agentligi tashkil etildi

Prezident farmoni bilan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tugatilib, Vazirlar Mahkamasi huzurida Migratsiya agentligi tashkil etildi. 2025-yildan tashkilot xususiy bandlik agentliklari faoliyatini tekshirishni boshlaydi.


dayjest

Prezident bir guruh ichki ishlar organlari xodimlarini mukofotladi

Prezident Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan IIV tizimidagi bir guruh xizmatchilarni mukofotladi. Xususan, sobiq vazir Zakirjon Almatov xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi unvonini oldi.


Iqtisodiyot

dayjest

Qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun suv olish limitlari deputatlar kengashi tomonidan tasdiqlanadi

Prezident topshirig‘i bilan qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun suv olish limitlari xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlari tomonidan tasdiqlanishi belgilanmoqda.


dayjest

BAA kompaniyasi “Poytaxt bank"ning yangi egasiga aylandi

Bond Investments kompaniyasi (BAA) “Poytaxt bank” aksiyalarining 100% egasiga aylandi. Iyun oxirida Davaktiv shu investor bilan bankni 10 mln dollarga sotishga kelishilgani haqida xabar bergandi.


Jamiyat

dayjest

Toshkent hayvonot bog‘i — 100 yoshda! U qanday o‘zgaryapti?

24-oktabr kuni Toshkent hayvonot bog‘i ochilganiga 100 yil to‘ldi. Jonivorlarning yashash sharoitlarini yaxshilash va infratuzilmani yangilash maqsadida u yerda 2020-yildan beri ta’mirlash ishlari olib borilyapti. “Gazeta.uz” bog‘ xodimlari bilan shu vaqtgacha qilingan ishlar va kelgusi rejalar haqida gaplashdi.


dayjest

Navoiyda cho‘lda bir ayolni kaltaklab, “samosud” qilgan erkak qamoqqa olindi

Ijtimoiy tarmoqlarda erkak kishining cho‘lda bir ayolni kaltaklab, “samosud” qilayotgani aks etgan videoyozuv tarqaldi. Navoiy viloyati IIBdan “Gazeta.uz"ga ma’lum qilishlaricha, ayolni kaltaklagan shaxs qamoqqa olingan. Ta’kidlanishicha, huquqbuzarning ichki ishlar organlariga “hech qanday aloqasi yo‘q”.


dayjest

Teraktdan so‘ng Turkiyadagi O‘zbekiston fuqarolari hushyorlikka chaqirildi

Turkiyada bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari, ayniqsa, odamlar gavjum joylarda ehtiyot bo‘lishga chaqirildi. Mamlakatdan ketayotganlardan aeroportlarga bir soat oldin yetib kelish so‘raldi. Terakt ortidan Anqarada xavfsizlik choralari kuchaytirildi.


dayjest

MIB Sardor Kariyevning farzandlari va ayoli yashab turgan uyni ham xatladi

“Dok-1 Maks” ishida aybdor deb topilgan Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining sobiq direktori Sardor Kariyevning farzandlari yashab turgan uy xatlandi. Uning turmush o‘rtog‘i bundan norozi bo‘lib, sudga shikoyat qildi.


dayjest

Sherzod Shermatov o‘zbek yutuberlariga ko‘proq daromad topish uchun inglizcha kontent tayyorlashni tavsiya etdi

Sherzod Shermatov o‘zbek yutuberlariga inglizcha kontent qilishni tavsiya etib, shu tildagi auditoriya juda kattaligini aytdi. “O‘zbekcha kontent qilib qancha daromad topasizu, inglizcha kontentdan qancha daromad topasiz? Shuning uchun tayyor ishlab turgan monetizatsiya mexanizmidan ko‘proq foydalanish kerak”, — dedi u.


dayjest

Bir qancha jinoyatda ayblanib qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada qo‘lga olindi

O‘zbekiston tomonidan 2014-yilda qidiruvga berilgan 73 yoshli ayol Turkiyada qo‘lga olindi. U jinoiy uyushma tashkil etish, o‘zgalarning mulkini juda ko‘p miqdorda o‘zlashtirish, firibgarlik, soxta tadbirkorlik kabi bir qator jinoyatlarni sodir etganlikda ayblangan.


dayjest

Senat xorijda mahkum etilgan shaxslarni O‘zbekistonga qabul qilish to‘g‘risidagi o‘zgartirishlarni ma’qulladi

Senatorlar ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarni jazoni o‘tashni davom ettirish uchun, shuningdek, ruhiy kasallikka chalingan shaxslarni majburiy davolash uchun berish va qabul qilish ko‘zda tutilgan o‘zgartirishlarni ma’qulladi.


dayjest

Daraxtlarni qasddan quritish va noqonuniy ov uchun belgilangan jazolar kuchaytirilmoqda

Kimyoviy, biologik va bakteriologik vositalardan foydalangan holda qasddan daraxtlarni quritish, ularga shikast yetkazish endilikda BHMning 75 baravarigacha jarimaga sabab bo‘lishi mumkin. Elektr toki, portlovchi, kimyoviy moddalar bilan ov qilganlar esa 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.


dayjest

“Yurtimiz taraqqiyotiga ozmi-ko‘pmi hissa qo‘shishga harakat qildik”. Senatning to‘rtinchi chaqirig‘i o‘zining so‘nggi majlisini o‘tkazdi

24-oktabr kuni Senatning to‘rtinchi chaqirig‘i o‘zining so‘nggi yalpi majlisini o‘tkazdi. Yuqori palata raisi Tanzila Narbayeva o‘tgan 5 yildagi faoliyatni sarhisob qilib, ularga bildirilgan ishonch uchun O‘zbekiston xalqiga va prezidentga minnatdorchilik bildirdi.


dayjest

1-noyabrdan import qilinadigan transport vositalari Piskent poligonida sinovdan o‘tkaziladi

1-noyabrdan boshlab O‘zbekistonga rasmiy dilerlar tomonidan chetdan olib kelinadigan avtotransport vositalari Piskent tumanidagi poligonda 3 oylik sinovdan o‘tadi. Bu talab o‘z ehtiyoji uchun xorijdan avtomobil olib keladiganlarga tegishli emas.


dayjest

O‘zbekistonda 2024-yilda magistral kanallarning 1 ming km qismini betonlash rejalashtirilmoqda

“Kanallarni betonlash bo‘yicha zarbdor yil” doirasida 2024-yilda magistral kanallarning 1 ming kilometr qismini betonlash reja qilinmoqda. Buning uchun davlat budjetidan 500 mlrd so‘m pul ajratilgan. Xorijiy investitsiyalar hisobidan esa 200 mln dollar mablag‘ jalb etilgan.


dayjest

Bosh prokuratura Toshkent shahri va viloyatidagi havoni ifloslantiruvchi korxonalarni tekshiradi

Bosh prokuratura 22-oktabrdan Toshkent shahri va viloyatida atrof-muhitga ta’siri yuqori bo‘lgan korxonalarni tekshirishni boshladi. Nazorat organi filtrlovchi uskunalarni o‘rnatish ishlari kechikayotganini ta’kidladi. Poytaxtda 31 ta korxonadan faqat 8 tasi bunday uskunalarni o‘rnatgan.


dayjest

Toshkentda yog‘ingarchilik vaqtida suv toshqinlarining oldini olish uchun 6 mlrd so‘m ajratildi

Poytaxt hokimi qarori bilan Toshkent shahrida yog‘ingarchiliklar davrida suv toshqinlari bilan bog‘liq holatlarning oldini olish uchun 6 mlrd so‘m ajratildi.


Sport

dayjest

O‘zbekiston terma jamoasi FIFA reytingida 58-o‘ringa ko‘tarildi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi FIFA reytingida yana 2 pog‘ona yuqorilab, 58-o‘rinni egalladi. Jamoa oktabr oyidagi o‘yinlarda o‘z uyida Eron bilan durang o‘ynagan va BAAni mag‘lub etgandi.


Jahon

dayjest

Turkiya Anqaradagi teraktga javoban Iroq va Suriyaga havo hujumlarini amalga oshirdi

Turkiya harbiylari Anqaradagi Turkish Aerospace shtab-kvartirasiga qilingan hujumga javoban Iroq va Suriyadagi Kurdiston ishchi partiyasi obyektlariga zarbalar berdi. Turkiya hukumati KIP hujumga aloqadorligini aytmoqda.


dayjest

BRIKS sammitida Qozon deklaratsiyasi qabul qilindi. Asosiy masalalar

BRIKS mamlakatlari sanksiyalarni bekor qilishni zarur deb hisoblaydi, shuningdek, ular Yaqin Sharq va Ukrainadagi qurolli mojarolar bo‘yicha pozitsiyasini belgilab, ko‘p qutbli dunyo tuzilishi tarafdori ekanini bildirdi. Shuningdek, sammitda Qozon deklaratsiyasi qabul qilindi. Asosiy ma’lumotlar.


dayjest

Norvegiyada 15 yoshdan kichik bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlanmoqda

Norvegiyada 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishi taqiqlanmoqda. Hozirda mamlakatda bunday cheklov 13 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun amal qiladi. Avvalroq Avstraliyada ham bu masala ko‘rib chiqilayotgandi.


dayjest

Politico: Ukrainani NATOga qabul qilishga yettita davlat qarshi

Ukrainaning NATOga zudlik bilan taklif etilishiga AQSh va Germaniyadan tashqari, Vengriya, Slovakiya, Belgiya, Sloveniya va Ispaniya ham qarshi, deb yozmoqda Politico. Urush tugashidan oldin Ukrainaning NATOga rasman taklif qilinishi Zelenskiyning “g‘alaba rejasi"dagi birinchi banddir.


dayjest

Hamdo‘stlik davlatlari qul savdosi uchun Britaniyadan kompensatsiya talab qilmoqchi

Bir qator Hamdo‘stlik mamlakatlari 17−19 asrlardagi transatlantik qul savdosi uchun Britaniyadan kompensatsiya undirish masalasini ko‘tarishni rejalashtirmoqda.


Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!