Siyosat

dayjest

2025-yilda daraxt ekish uchun 100 mlrd so‘m ajratiladi, daraxt parvarishlash xarajatlari investitsiya dasturiga kiritiladi

2025-yilda “Yashil makon” ko‘chat ekish loyihasini amalga oshirish uchun qo‘shimcha 100 mlrd so‘m yo‘naltiriladi, dedi prezident. Endi daraxtlarni 3 yil parvarishlash xarajatlari investitsiya dasturiga kiritiladi va 16 million gektar yaylov yerlarini boshqarish Veterinariya qo‘mitasiga o‘tkaziladi.


dayjest

TIV rahbariga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Prezident qarori bilan, Olimjon Abdullayev tashqi ishlar vaziriga o‘rinbosar etib tayinlandi. U bunga qadar O‘zbekistonning Germaniyadagi konsullaridan biri bo‘lib ishlagan.


dayjest

Shavkat Mirziyoyev Hindiston bosh vaziri bilan uchrashdi

BRIKS sammitida ishtirok etish uchun Qozon shahriga borgan O‘zbekiston prezidenti Hindiston bosh vaziri Narendra Modi bilan muloqot o‘tkazdi. Ular texnologiyalar, sun’iy intellekt, sanoat, energetika kabi sohalarda hamkorlik masalalariga to‘xtaldi.


dayjest

“O‘zbekiston va Qozog‘iston hali foydalanilmagan ulkan salohiyatga ega” — Abdulla Aripov

Samarqandda o‘tkazilgan Hududlararo hamkorlik forumi va biznes forumi doirasida O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida 352 mln dollarlik 76 hujjat imzolandi. Abdulla Aripov mamlakatlarda hali foydalanilmagan ulkan salohiyat borligini aytdi. Qozog‘iston eksport ta’minotini 550 mln dollarga oshirishga tayyor.


dayjest

BRIKS sammiti doirasida Mirziyoyev va Erdog‘an uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Shavkat Mirziyoyev Qozon shahrida BRIKS sammiti doirasida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tomonlar strategik sheriklikni chuqurlashtirish masalalarini ko‘rib chiqdi. Sog‘liqni saqlash, ta’lim, mashinasozlik sohalariga alohida e’tibor qaratildi.


Iqtisodiyot

dayjest

O‘zbekistonga to‘qqiz oyda 23 mlrd dollardan ortiq xorijiy investitsiya jalb qilindi

Prezidentga taqdimotda aytilishicha, O‘zbekistonga so‘nggi yetti yilda jami 78 mlrd, jumladan, 2024-yil yanvar-sentabr oylarida 23,7 mlrd dollarlik xorij investitsiyasi kirib kelgan. Bu orqali 1800 turdagi yangi mahsulot ishlab chiqarila boshlagan, 120 ta yirik quvvat ishga tushgan.


dayjest

Yoqilg‘i-energetika resurslari iste’molchilarining energiya auditini o‘tkazish tartibi tasdiqlandi

Hukumat qarori bilan yoqilg‘i-energetika resurslari iste’molchilari hamda bino va inshootlarning energiya iste’molini energiya auditidan o‘tkazish tartibi tasdiqlandi. Endilikda bino va inshootlarning energiya samaradorligi toifalarga qarab belgilanadi.


dayjest

Senat reytingi yuqori tadbirkorlarni tekshirmaslik bo‘yicha qonunni maqulladi

Barqarorlik reytingi yuqori bo‘lgan tadbirkorlik subyektlariga nisbatan soliq tekshiruvlari o‘tkazilmasligi belgilanmoqda. Jinoiy ishlar doirasida o‘tkaziladigan tekshiruvlar bundan mustasno bo‘ladi.


dayjest

Qozog‘iston-O‘zbekiston chegarasida bojsiz maxsus savdo zonasini tashkil etish taklif qilinmoqda

Mang‘istau viloyati hokimi Qozog‘iston-O‘zbekiston chegarasida boj olinmaydigan maxsus savdo zonasini tashkil etishni taklif qildi. Buning natijasida o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 4 barobar oshishi kutilmoqda.


dayjest

O‘zbekistonda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar 4 mln nafardan oshdi

2024-yil 1-oktabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar soni 4 milliondan oshdi. Ko‘rsatkich bir yilda 86 foizga o‘sgan.


dayjest

Mahalliylashtirish — import o‘rnini bosish emas. Prezident mahalliylashtirish va investitsiya masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

Mahalliylashtirish import o‘rnini bosish emas, balki narx bo‘yicha ham, sifat bo‘yicha ham raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish, eksportni ham ko‘paytirishdir, deya ta’kidlandi prezident bilan uchrashuvda. “O‘zavtosanoat” 2 mlrd dollarlik import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.


dayjest

Inflyatsion targetga erishish muddati nega 2026-yilgacha surildi?

Markaziy bank raisi o‘rinbosari Behzod Hamrayev nima uchun O‘zbekistonda inflyatsion targetga erishish muddati 2025-yil emas, 2026-yilga to‘g‘ri kelishi kutilayotganini izohladi. Muddatning uchinchi bor kechiktirilishiga energotariflarning ikki bosqichda oshirilishi va boshqa omillar ta’sir qilgan.


Jamiyat

dayjest

“Toshkent aholisi shahardagi o‘zgarishlar haqida ularning fikri so‘ralishini juda istaydi”. Sotsiolog bilan suhbat

Xalq bilan muloqot va fuqarolarning shahar loyihalariga jalb etilishi shaharda qulay muhitni yuzaga keltiradi. Uzoq vaqt Toshkent aholisidan ular aslida nima xohlashi haqida so‘ralmagan. Shaharni rivojlantirishga aholini kim va qanday jalb qilishi kerak — sotsiolog Alisa Barannikova bilan suhbat shu haqda.


dayjest

IIV voyaga yetgan kvadroberlar 15 sutkagacha qamalishi mumkinligini ma’lum qildi

IIV Jamoat xavfsizligi departamenti 18 yoshdan oshgan shaxslar tomonidan sodir etilgan kvadroberlik harakatlari mayda bezorilik sifatida kvalifikatsiya qilinishi mumkinligini ma’lum qildi.


dayjest

O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olishni 2026-yilda o‘tkazish rejalashtirilmoqda

O‘zbekiston Statistika agentligi 2026-yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish to‘g‘risidagi qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasiga taqdim etdi. Unga ko‘ra, bu bo‘yicha respublika komissiyasi tuziladi. Oliy Majlisga toponimik obyektlarga nom berish va nomlarni o‘zgartirishni vaqtincha to‘xtatish tavsiya etiladi.


dayjest

Senat telekommunikatsiyalar to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi

Senatorlar telekommunikatsiya bozorini tartibga soluvchi regulyator va ushbu bozorni rivojlantirish siyosatini olib boruvchi davlat organlarining vazifalarini belgilovchi qonunni ma’qulladi.


dayjest

Ombudsmanga prezident, hukumat va parlamentga maxsus ma’ruza taqdim etish huquqi berilmoqda

Senat ombudsman to‘g‘risidagi yangi tahrirdagi qonunni ma’qulladi. Endi ombudsman prezident, hukumat va parlamentga maxsus ma’ruza taqdim etish huquqiga ega bo‘ladi. Shuningdek, ushbu lavozimga qo‘yilgan oliy ma’lumot va inson huquqlarini himoya qilish sohasida tajribaga ega bo‘lish talabi bekor qilinmoqd a


dayjest

Yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish jinoyatlarini faqat prokuratura tergov qiladi

Senatorlar O‘zbekistonda yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan tortib olishga qarshi kurashishda ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi. Bunday jinoyatlarni tergov qilish prokuratura organlarining vakolatiga qiritilmoqda.


Sport

dayjest

Asila Mirzayorova nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha maxsus vakil bo‘ldi

Para yengil atletika bo‘yicha paralimpiya chempioni Asila Mirzayorova Ijtimoiy himoya milliy agentligining nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha maxsus vakili lavozimiga tayinlandi.


dayjest

19 yoshli kurashchi Alisher G‘aniyev yoshlar o‘rtasidagi JCHda oltin medal olib, O‘zbekiston tarixiga kirdi

Alisher G‘aniyev yunon-rum kurashi bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati g‘olibi bo‘ldi. U 23 yoshgacha bo‘lganlar orasida kurashning har ikki turi bo‘yicha ilk jahon chempioniga aylanib, O‘zbekiston tarixiga kirdi (foto, video).


Jahon

dayjest

Turkiyada terakt sodir etildi. Halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar bor

Turkiya Aerokosmik korporatsiyasining TUSAŞ obyektida terakt sodir etilib, kamida 2 kishi halok bo‘ldi. Hujum qilganlar 3 kishi bo‘lgani va ularning 2 nafari yo‘q qilingani haqida xabar berilmoqda. Anqara Bosh prokuraturasi terakt bo‘yicha tergov boshladi.


dayjest

Argentinada soliq xizmati tugatildi

Argentina hukumati “argentinaliklarning iqtisodiy erkinligiga to‘sqinlik qilayotgan keraksiz byurokratiyani yo‘q qilish” maqsadida soliq xizmati tugatilganini e’lon qildi. Vakolatlar “oddiyroq” tuzilmaga ega yangi agentlikka o‘tkaziladi.


dayjest

Liong Kiong Vetnamning yangi prezidenti bo‘ldi

Vetnam parlamenti general Liong Kiongni mamlakat prezidenti etib sayladi. Uning nomzodini yig‘ilishda qatnashgan 440 nafar deputatning barchasi qo‘llab-quvvatladi.


dayjest

Gruziyada 26-oktabrda parlament saylovlari bo‘lib o‘tadi. Nimalar ma’lum?

Gruziyada, tahlilchilar fikricha, tarixiy ahamiyatga ega bo‘ladigan parlament saylovlariga 3 kun qoldi. Milliarder Bidzina Ivanishvili boshchiligidagi hukmron partiya saylovlarni “urush va tinchlik o‘rtasidagi”, muxolifat esa Yevropa va rossiyaparast kelajak o‘rtasidagi referendum deb atamoqda.


dayjest

SAXAL “Hizbulloh” yetakchisining vorisi o‘ldirilganini tasdiqladi

Isroil mudofaa armiyasi “Hizbulloh” guruhi ijroiya kengashi rahbari Hoshim Safiddin o‘ldirilganini tasdiqladi. U guruhning o‘ldirilgan yetakchisi Hasan Nasrullohga voris sifatida ko‘rilardi.


dayjest

Rossiya TIV rahbari O‘zbekistonga keladi

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 28−29-oktabr kunlari amaliy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Uning Shavkat Mirziyoyev hamda TIV rahbari bilan uchrashishi reja qilinmoqda.


dayjest

Belarusda prezidentlik saylovi 2025-yil 26-yanvarga belgilandi

Belarus prezidenti saylovi 2025-yil 26-yanvar kuni bo‘lib o‘tadi. 2020-yildagi saylovlar Lukashenko rejimiga qarshi norozilik namoyishlari fonida kechgandi.


dayjest

Janubiy Koreya razvedkasi KXDR Rossiyaga 3000 harbiyni yuborgani haqida xabar berdi

Shimoliy Koreya Ukrainaga qarshi urushda ishtirok etish uchun Rossiyaga 3000 nafar harbiyni yubordi, deb xabar berdi Janubiy Koreya razvedkasi. Pentagon KXDR askarlari Rossiyaga jo‘natilganini tasdiqladi, ammo ular u yerda nima bilan mashg‘ul ekani hozircha noma’lumligini bildirdi.


Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!