Toshkent shahridan Xitoyning Xanchjou shahriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilmoqda.

Uzbekistan Airways axborot xizmatining xabar berishicha, qatnovlar 17-noyabrdan boshlab amalga oshiriladi.

Parvozlar yakshanba kunlari quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi:

  • Toshkentdan jo‘nab ketish soat 12:40; Xanchjouga yetib borish soat 22:00;
  • Xanchjoudan jo‘nab ketish soat 23:30; Toshkentga yetib borish keyingi kun soat 04:10.

Bir tomonlama aviachipta narxi 4 046 000 so‘mdan, Toshkent−Xanchjou−Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha esa 7 003 000 so‘mdan boshlanadi.

Aviachiptalarni www.uzairways.com saytidan, mobil ilovadan, Uzbekistan Airways Sales filialidan va aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkin.