6-sentabr, juma kuni Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlarining 9-kunida O‘zbekiston delegatsiyasining 22 nafar a’zosi ishtirok etadi.
Para velosport
12:30. Azimbek Abdullayev (poyga).
Para dzyudo
13:00. Shoxrux Mamedov (-73 kg);
13:00. Kumushxon Xodjayeva (-57 kg);
13:00. Uchqun Quranbayev (-73 kg).
Para yengil atletika
13:04. Safiya Burhonova (yadro uloqtirish);
13:17. Marufjon Murodullayev (400 metrga yugurish);
13:49. Temurbek Giyazov (uzunlikka sakrash);
14:58. Qudratilloxon Marufxojayev va Tolibboy Yuldashev (disk uloqtirish).
31-avgust kungi yadro uloqtirish dasturida Qudratullaxon Ma’rufxo‘jayev oltin, Tolibboy Yo‘ldashev esa bronza medalini olgandi.
Para kanoe
13:10. Azizbek Abdulhabibov (200 metrga);
13:20. Irodaxon Rustamova (200 metrga);
13:30. Shahzoda Mamadaliyeva (200 metrga);
13:40. Hasan Kuldashev (200 metrga);
13:55. Shaxnoza Mirzayeva (200 metrga);
15:05. Haytmurod Sherquziyev (200 metrga).
Para og‘ir atletika
15:00. Bekzod Jamilov (72kg);
16:35. Ruxshona O‘ktamova (61kg);
22:00. Qudratoy Toshpo‘latova (67kg).
Para yengil atletika
22:00. Shahina Yigitaliyeva va Roziyaxon Ergasheva (nayza uloqtirish);
22:04. Yorqinbek Odilov (yadro uloqtirish). U 1-sentabr kuni nayza uloqtirish bahslarida 50,32 metr natijani qayd etib, oltin medal olgandi;
23:37. Izzat Turg‘unov (100 metrga yugurish).
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston 6-sentabr soat 10:00 holatiga ko‘ra, medallar hisobi bo‘yicha 12-o‘rinni egallab turibdi. Jamoada 8 ta oltin, 5 ta kumush va 4 ta bronza bor.