Siyosat
Prezident: Inson huquq va erkinliklarini himoyalash terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashning asosidir
Inson huquq va erkinliklarini himoya qilish va ilgari surish, shuningdek, qonun ustuvorligi prinsipiga og‘ishmay rioya etish terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashishning fundamental asosidir. Bu haqda prezident Toshkentdagi SHHT MAT va MDH AM konferensiyasi ishtirokchilariga murojaatida aytib o‘tdi.
DXX raisi: Terrorizmga qarshi kurashda birga harakat qilish orqali natijaga erishish mumkin
SHHT va MDH makonida kechayotgan murakkab harbiy-siyosiy jarayonlar davlatlardan terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash bo‘yicha harakatlarni birlashtirishni talab qilmoqda, dedi O‘zbekiston DXX raisi Abdusalom Azizov. U, shuningdek, terrorizmga qarshi kurashda Afg‘onistonga yordam berish muhimligini ta’kidladi.
FAO rahbari Syuy Dun’yuy O‘zbekistonga keladi
BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bosh direktori Syuy Dun’yuy 5−6-sentabr kunlari O‘zbekistonda amaliy tashrif bilan bo‘ladi. U Toshkentda “Dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan rivojlanayotgan davlatlar oziq-ovqat xavfsizligi va barqaror rivojlanish maqsadlari” xalqaro forumida ishtirok etadi.
O‘rinbosarlarini haqoratlagan Qo‘shrabot hokimiga hayfsan berildi
Qo‘shrabot tumani hokimi Dilshod Shakarboyev qurilish va kambag‘allik bo‘yicha o‘rinbosarlarini turli haqoratli so‘zlar bilan so‘kdi. Samarqand viloyati hokimi farmoyishi bilan unga hayfsan jazosi berildi. Bu — uning ikkinchi hayfsani.
“Qonunchiligimizda sovet mafkurasi, davri va ramzlarini targ‘ib qilish taqiqlanishi lozim” — Alisher Qodirov
“Milliy tiklanish” partiyasi yetakchisi Alisher Qodirov SSSRni tiklashni targ‘ib qilgan samarqandlik pensionerni jinoiy javobgarlikka tortish haqidagi sud qarorini qo‘llab-quvvatladi. Deputatning fikricha, O‘zbekiston qonunchiligida sovet mafkurasi, davri va ramzlarini targ‘ib qilish taqiqlanishi kerak.
Rossiyada markaziy osiyolik migrantlarga fuqarolik berishga vaqtinchalik moratoriy joriy etish taklif qilinmoqda
RF davlat dumasining “Adolatli Rossiya — Haqiqat uchun” fraksiyasi rahbari Sergey Mironov “Markaziy Osiyo davlatlari” aholisiga RF fuqaroligini berishga 2026-yilgacha moratoriy joriy etishni taklif qildi. Uning fikricha, “gasterbayterlarni ommaviy pasportlashtirish korrupsionerlar mafiyasi uchungina foydali”.
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda avgust oyida inflyatsiya: propan 20,2 foizga, go‘sht 4,9−5,3 foizga qimmatlashdi
Avgust yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda inflatsiya 0,5 foiz darajasida qayd etildi. Yillik inflyatsiya 10,47 foiz darajasida saqlanib qoldi. Propan (20,2%), mol go‘shti (5,3%) va qo‘y go‘shti (4,9%), kartoshka (5,5%) keskin qimmatlashdi. Dori-darmonlar narxi o‘sishda davom etmoqda.
O‘zbekiston ketma-ket ikkinchi oy oltin sotib olish bo‘yicha dunyoda yetakchilardan bo‘lib qolmoqda
O‘zbekiston Markaziy banki ketma-ket ikkinchi oy dunyodagi eng yirik oltin xaridorlari qatoridan joy oldi. Iyun oyida mamlakat 9 tonna qimmatbaho metall sotib olgan bo‘lsa, iyul oyida ko‘rsatkich 9,6 tonna bo‘ldi.
Hududlardagi elektr va gaz tarmoqlarini xususiy sektorga o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Bu nima uchun qilinyapti?
O‘zbekistonning barcha hududlaridagi elektr va gaz taqsimlash tarmoqlarini xususiy operatorlar boshqaruviga berish rejalashtirilmoqda. oktabr oyida Samarqand viloyatida tender boshlanadi. Energoregulyator rahbari Sherzod Xo‘jayev elektr tarmoqlarini nima uchun xususiy sektorga berish kerakligini tushuntirdi.
Tadbirkorlarning elektr energiyasi va tabiiy gaz ortiqcha iste’moli uchun qo‘shimcha to‘lovi 10 baravarga kamaytiriladi
2024-yil 1-noyabrgacha tadbirkorlarga elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’moli miqdorlariga nisbatan shartnomaviy limitlarni oshirish va undan ortishiga yo‘l qo‘yilgan taqdirda ortiq iste’mol qilingan elektr energiyasi hamda tabiiy gaz uchun qo‘shimcha to‘lovni kamida 10 baravarga kamaytirish choralari ko‘riladi.
Umumiy ovqatlanish korxonalariga foyda solig‘i stavkasi 50 foizga kamaytiriladi, ayrim tadbirkorlarga esa QQSning bir qismi qaytariladi
2028-yilgacha O‘zbekistondagi umumiy ovqatlanish korxonalariga foyda solig‘i stavkasi 50 foizga kamaytiriladi. Shuningdek, turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini hamda umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlarga har oyning 25 sanasiga qadar to‘langan QQSning bir qismi qaytariladi.
Jamiyat
Foto: O‘zbekiston maktablarida yangi o‘quv yili boshlandi
O‘zbekistonda maktablarda yangi o‘quv yili boshlandi. Toshkentdagi jamoat transporti va ko‘chalar ertalabdan gavjum bo‘ldi, biroq yirik tirbandliklar kuzatilmadi (maktablar yaqinidagilardan tashqari). Aksariyat OTM talabalari o‘qishni keyingi haftadan boshlaydi. “Gazeta.uz” muxbiri Yevgeniy Sorochin fotoreportaji.
Samarqandda Lacetti do‘konga kelib urilishi oqibatida bir kishi jarohatlandi
Kattaqo‘rg‘on tumanida Lacetti do‘konga kelib urildi. Hodisa oqibatida do‘kon ichidagi bir kishi jarohatlandi.
Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi ochildi
Toshkentda Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi ish boshladi. U Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Kolumbiya universiteti (AQSh), YUNISEF va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etildi.
Toshkent-Samarqand va Toshkent-Andijon pulli yo‘llari qurilishining sanalari va narxlari tasdiqlandi
Toshkent-Samarqand pulli yo‘lini qurish ishlari 2024-yilda boshlanadi. Toshkent-Andijon pulli yo‘lini qurish esa 2026-yilda boshlash rejalashtirilgan.
Raqobat qo‘mitasi CAU (Akfa) universitetiga nisbatan ish qo‘zg‘atdi
CAU (Akfa) universiteti litsenziya olinmagan Tijorat huquqi yo‘nalishi uchun talabalar bilan shartnoma tuzgani aniqlandi. Biroq bu yo‘nalishda ta’lim to‘xtab qolgan. Raqobat qo‘mitasi OTMga 7 nafar talabaga 167,5 mln so‘mni qayta hisob-kitob qilish va boshqa murojaatlar bo‘yicha ham ishlash yuzasidan ko‘rsatma berdi.
Qashqadaryoda soliq xodimlari maktabdagi 2-sinf o‘quvchilari orqali ota-onalariga eslatma-xat yo‘lladi
Nishon tumanidagi 14-maktabda soliqchilar 2-sinf o‘quvchilariga mol-mulk va yer soliqlarini to‘lash haqida eslatma-xat tarqatib, uni ota-onalariga yetkazishlarini so‘radi. Bolalar ombudsmani bola manfaatlari buzilishiga oid ushbu holatni o‘rganayotganini, Soliq qo‘mitasi xizmat tekshiruvi tayinlanganini bildirdi.
Toshkentning qator hududlarida issiq suv vaqtincha o‘chiriladi — ro‘yxat
Toshkentning qator hududlarida sentabr-oktabr oylarida vaqtincha issiq suv bo‘lmaydi. Veolia Energy Tashkent`ning bildirishicha, bu paytda eskirgan kommunikatsiyalar almashtiriladi va issiqlik ta’minoti ishonchliligini oshiradigan boshqa ishlar bajariladi. Ro‘yxat.
Toshkentda musiqa festivali o‘tkazilishi sabab bir qator ko‘chalar mashinalar uchun yopiladi
Toshkent shahrida 6−8-sentabr kunlari yirik musiqa festivali bo‘lib o‘tadi, shu sababli Milliy kutubxona va Hyatt mehmonxonasi atrofidagi 3 ta ko‘chaning ayrim qismlari mashinalar harakati uchun yopiladi.
Shavkat Mirziyoyev “Toshkent-Sharqiy” aeroporti qurilishini borib ko‘rdi
Prezident qariyb 7 yildan beri qayta qurilayotgan “Toshkent-Sharqiy” aeroportiga borib, jarayonni ko‘zdan kechirdi. Davlat rahbari binolar fasadini milliy dizaynda qilish, yuqori martabali mehmonlarni kutib olish uchun barcha qulayliklarni inobatga olish zarurligini ta’kidladi.
Sport
Paralimpiya o‘yinlari: 7-kunda O‘zbekistondan 10 nafar sportchi qatnashadi
Parijda o‘tayotgan Paralimpiya o‘yinlarining yettinchi kunida O‘zbekiston delegatsiyasining 10 nafar a’zosi sportning 4 ta turi bo‘yicha ishtirok etadi. Xususan, yadro uloqtirish bo‘yicha kumush medal olgan Kubaro Hakimova disk uloqtirish bahslarida qatnashadi. Taqvim.
Paralimpiada 2024: Server Ibragimov o‘q otish bo‘yicha kumush medal oldi
Paralimpiyachi Server Ibragimov 50 metrga to‘pponchadan otish bahslarida kumush medali sohibiga aylandi. U Rio-2016 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida bronza medalni qo‘lga kiritgandi.
“KXDRga qarshi eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz” — Srechko Katanets
O‘zbekistonlik futbolchilar 2026-yilgi JCH saralash bosqichining uchinchi bosqichida KXDRga qarshi o‘yinda o‘zlarining eng yaxshi o‘yinini ko‘rsatishga harakat qiladi, dedi jamoa murabbiyi Srechko Katanets. “Xotirjam bo‘lib, o‘z ishimizni avvalgidek qilishimiz kerak, bu bosqichda har bir o‘yin murakkab bo‘ladi”, — dedi u.
Jahon
AQSh HAMAS yetakchilariga 7-oktabr kuni Isroilga uyushtirilgan hujum bo‘yicha ayblov qo‘ydi
AQSh hukumati HAMAS yetakchisi Yahyo Sinvar va guruhning qator rahbarlariga 2023-yil 7-oktabr kuni Isroilga qilingan hujum munosabati bilan rasman jinoiy ayblovlarni e’lon qildi.
Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!