6, 7 va 8-sentabr kunlari O‘zbekiston milliy kutubxonasi hamda Hyatt mehmonxonasiga tutash maydonda yirik ko‘ngilochar tadbir — Pepsi Music Fest bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda Toshkent shahri hokimligi.

Tadbirni yuqori saviyada tashkil etish hamda jamoat xavfsizligi va tartibini saqlash maqsadida tadbir o‘tkaziladigan kunlari qator hududlar mashinalar harakati uchun yopiladi:

  • Istiqlol ko‘chasida — Buyuk Turon va Amir Temur ko‘chalari oralig‘i;
  • Buyuk Turon ko‘chasida — Istiqlol va Alisher Navoiy ko‘chalari oralig‘i;
  • Zarafshon ko‘chasida — Istiqlol va Alisher Navoiy ko‘chalari oralig‘i.

Hokimlik haydovchilarga shu kunlarda aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qildi.