O‘zbekiston vakili Yorqinbek Odilov Parij-2024 Paralimpiadasi oltin medalini qo‘lga kiritdi.
1-sentabr kuni para yengil atletikachi erkaklar o‘rtasida F57 klassida (bunga o‘tirgan joyda dala musobaqalarida qatnashadigan, orqa miya yoki amputatsiya jarohati bor sportchilar kiradi) nayza uloqtirish bahslari yakunlandi.
Yorqinbek Odilov 50.32 metr natija qayd etib, O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga beshinchi oltin medalni qo‘shib qo‘ydi.
Sportchi, shuningdek, Para yengil atletika bo‘yicha jahon chempionati va Osiyo o‘yinlarida kumush medalni ham qo‘lga kiritgan.
Milliy terma jamoa xabar e’lon qilingan vaqtda 5 ta oltin, 3 ta kumush va 3 ta bronza bilan 7-o‘rinni egallab turibdi.
Video