O‘zbekiston mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan Toshkent shahrining barcha 12 ta tumanida 2-sentabrga qadar xalq sayllari va bayram tomoshalari o‘tkaziladi, deb xabar qildi poytaxt hokimligi matbuot xizmati.
Bog‘lar ro‘yxati
- Bektemir tumanidagi Coca-cola garden bog‘i;
- Mirobod tumanidagi Furqat nomidagi istirohat bog‘i;
- Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Central park bog‘i;
- Sergeli markaziy bog‘i;
- Olmazor tumanidagi Beruniy maydoni;
- Uchtepa tumanidagi “Eko Seul” istirohat bog‘i;
- Chilonzor tumanidagi G‘afur G‘ulom nomidagi istirohat bog‘i;
- Yunusobod tumanidagi O‘zekspomarkaz hududi;
- Shayxontohur tumanidagi “Navro‘z” istirohat bog‘i;
- Yashnobod tumanidagi “Ashxobod” istirohat bog‘i;
- Yangihayot tumanidagi Green park;
- Yakkasaroy tumanidagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi binosining old maydoni.
Bayram tomoshalari soat 18:00 dan so‘ng boshlanadi.