29-avgust kuni Shavkat Mirziyoyev Fanlar akademiyasi prezidenti, fizika-matematika fanlari doktori va fan arbobi, marhum Behzod Yo‘ldashevning ta’ziyasi uchun uning xonadoniga tashrif buyurdi, deya xabar bermoqda davlat rahbari matbuot xizmati.
Qur’on tilovat qilinib, duo o‘qildi. Davlat rahbari marhumning ezgu ishlarini, vatanga xizmatlarini yodga oldi, marhumning rafiqasi va farzandlariga hamdardlik bildirib, sabr-toqat tiladi.
“Behzod Yo‘ldashev Oliy Majlis deputati, keyingi vaqtda Senat a’zosi sifatida samarali faoliyat olib borib, qonun loyihalarini ishlab chiqish va qabul qilishda fidoyilik ko‘rsatdi”, — deyiladi xabarda.
U 29-avgust kuni 79 yoshida vafot etgandi.