Siyosat
Andijon shahri Obodonlashtirish boshqarmasiga rahbar bo‘lgan sobiq hokim bir hafta o‘tib ishdan bo‘shadi
Andijon shahrining sobiq hokimi Dilmurod Rahmatullayev 17-avgust kuni Obodonlashtirish boshqarmasiga rahbar bo‘lgandi. Bir hafta o‘tgach, u “sog‘lig‘i sababli” ushbu lavozimdan ketdi.
Uchquduq tumaniga yangi hokim tayinlandi
Navoiy viloyatining Uchquduq tumaniga Uchqun Yelmuratov hokim etib tayinlandi. U bunga qadar “Agrobank” viloyat filiali boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritgan.
Afg‘onistondan o‘tgan harbiy samolyot va vertolyotlar O‘zbekistonda qoladi — AQSh elchisi
O‘zbekiston va AQSh 2021-yilning avgustida Afg‘onistondan olib o‘tilgan harbiy samolyotlar va vertolyotlar taqdiri bo‘yicha kelishuvga erishdi. Amerika elchisi Jonatan Henik ular O‘zbekistonga o‘tkazilishini bildirdi.
Mirzaobod tumaniga yangi hokim tayinlandi
Orif Raxmonkulov Sirdaryoning Mirzaobod tumaniga hokim etib tayinlandi. Tumanni bir yil ham boshqarmagan sobiq hokimni iyul oyida prezident ishdan olgandi.
Isroilning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
Gideon Lustig Isroilning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi bo‘ldi. U bungacha Isroil Tashqi ishlar vazirligida faoliyat yuritgan.
Deputatlar raqamli dalillar to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi
Qonunchilik palatasi kiberjinoyatlarga qarshi kurashish uchun raqamli dalillar to‘g‘risidagi qonunni ikkinchi va uchinchi o‘qishda qabul qildi. Birinchi o‘qishda deputatlar e’tiroziga sabab bo‘lgan norma chiqarib tashlandi. Hujjat avval 2 marta rad etilgandi.
To‘raqo‘rg‘on tumaniga hokim tayinlandi
Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumaniga Sherali Qosimov hokim etib tayinlandi. U mazkur lavozimga qadar Pop tumani hokimi o‘rinbosari sifatida ishlagan.
O‘zbekiston va Ozarbayjon prezidentlari — yangi aviaqatnovlar, Toshkent va Bokudagi “Boqiy shahar” majmualari, dengiz orqali yuk tashish haqida
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston va Ozarbayjon ishbilarmonlari bilan uchrashuvda qo‘shma investitsiya fondi miqdorini, aviaqatnovlar sonini oshirish, Boku va Toshkentda “Boqiy shahar” majmualarini qurish taklifini bildirdi. “Bokuda o‘zbek tuprog‘i, Toshkentda Ozarbayjon tuprog‘i bo‘ladi”, — dedi u.
Iqtisodiyot
Qozog‘istonning Kaspi kompaniyasi O‘zbekistonda Humo to‘lov tizimini qo‘lga kiritmoqchi
Qozog‘istonning Kaspi fintex kompaniyasi O‘zbekistonda Humo to‘lov tizimini xususiylashtirishda ishtirok etishni va “ushbu mamlakatda texnologiyalarni rivojlantirishga katta sarmoya kiritishni” rejalashtirmoqda.
Agalarov Development kompaniyasi Toshkentda 133 mln dollarga turar joy majmuasi va mehmonxona quradi
Ozarbayjonning Agalarov Development kompaniyasi Toshkent shahrining Mirobod tumanida turar joy majmuasi va mehmonxona qurilishi boshlanganini ma’lum qildi. Loyiha qiymati 133 mln dollarga baholanmoqda.
Fitch — O‘zbekistonning islohotlar va boshqaruvdagi taraqqiyoti, inflyatsiya va davlat qarzi haqida
Fitch Ratings O‘zbekistonning suveren reytingini VV- darajasida qoldirdi. Agentlik davlat qarzining past darajasi, YAIMning yuqori o‘sishi va islohotlardagi taraqqiyotni qayd etdi. Bu YAIM pastligi, davlat boshqaruvi zaifligi, lekin yaxshilanayotgani, iqtisodiyotda davlat ulushi yuqoriligi bilan muvozanatlashadi.
Mehmonxona, TJM, to‘qimachilik korxonalari va do‘stlik bog‘i: Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev qanday loyihalarni boshlab berdi?
O‘zbekiston va Ozarbayjon prezidentlari ikki davlatda qiymati 520 mln dollar bo‘lgan 7 ta loyihani ishga tushirdi. Ritz-Carlton mehmonxonasi, turar joy majmuasi, Qashqadaryodagi gips mahsulotlari ishlab chiqarish zavodi, to‘qimachilik korxonalari, Ozarbayjondagi do‘stlik bog‘i shular jumlasidan.
OTB O‘zbekiston bilan yangi 5 yillik hamkorlik strategiyasini boshladi
OTBning O‘zbekiston bo‘yicha yangi strategiyasi mamlakatning yashil iqtisodiyotga o‘tishini qo‘llab-quvvatlashni nazarda tutadi. Bank energetika, davlat sektori va tabiiy resurslarni boshqarish, moliya, transport, qishloq xo‘jaligi va shaharsozlik sohalarida loyihalarni amalga oshirishga yordam beradi.
Jamiyat
Kolonka: O‘zbekistonda yoshlar salohiyati va imkoniyatlari
O‘zbekistonda yoshlarning kamol topishi uchun imkoniyatlar mavjud, ammo ular notekis taqsimlangan. Hozir bularni amalga oshirishning ayni payti, deb yozadi BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Akiko Fujii o‘z kolonkasida.
Toshkentda yo‘lovchilar metroning kichik oynasini ochish vaqtida sindirib qo‘ydi
Toshkent metrosining vagonlaridan birida kichik oyna sindi. Metropoliten tirqish yo‘lovchilar tomonidan ehtiyotsiz harakat sabab singanini ma’lum qildi.
Istanbul-Samarqand reysidagi Qanot Sharq samolyoti Turkiyaga shoshilinch qo‘ndi
Qanot Sharq aviakompaniyasining Istanbuldan Samarqandga uchayotgan A320 samolyoti Turkiya shimolidagi Merzifon aeroportida to‘xtashni amalga oshirdi. Bunga salondagi bosimning pasayishi sabab bo‘ldi. Samolyot xavfsiz qo‘ndi.
Uzbekistan Airways Mustaqillik bayrami munosabati bilan qo‘shimcha aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi
Mustaqillik bayrami munosabati bilan Toshkentdan Nukus, Buxoro, Termiz, Urganch, Farg‘ona va Namanganga qo‘shimcha aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi.
Toshkent viloyatida Damas to‘liq yonib ketdi
Zangiota tumanida harakatlanib ketayotgan Damas to‘liq yonib ketdi. Haydovchi avtomobildan tushib qolgan. Hech kim jarohat olmagan.
Toshkent metrosi kuniga o‘rtacha 724,5 ming yo‘lovchini tashimoqda
2024-yilning yanvar-iyun oylarida Toshkent metropolitenida 131,9 mln yo‘lovchi tashildi. Kunlik tashish ko‘rsatkichi o‘rtacha 724,5 ming nafarni tashkil etmoqda.
Farg‘onada fuqaro pichoq bilan hujum qilgan profilaktika inspektori vafot etdi
Dang‘ara tumanida xizmat vazifasini bajarayotgan profilaktika inspektori fuqaroning pichoq bilan hujum qilishi oqibatida vafot etdi.
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” faxriy unvonini ta’sis etish rejalashtirilmoqda
Qonunchilik palatasi deputatlari jamiyat hayotida yuqori natijalarga erishgan biznes vakillarini taqdirlash tizimini yaratish uchun “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” faxriy unvonini ta’sis etmoqchi. Ular bu yoshlarning tadbirkorlik va biznesga qiziqishini oshiradi, degan fikrda.
35 ta holatda o‘qituvchi va shifokorlar “Tashabbusli budjet"ga ovoz yig‘ishga majburlangan bo‘lishi mumkin — IMV
“Tashabbusli budjet” loyihalariga ovoz berish jarayonida respublika bo‘ylab ovoz yig‘ishga majburlash holatlari bo‘yicha 39 ta shikoyat kelib tushdi, deb yozdi Iqtisodiyot va moliya vazirligi. Ularning 35 tasi o‘qituvchi va shifokorlar bilan bog‘liq. Agar ular o‘z tasdig‘ini topsa, loyihalar jarayondan chetlatiladi.
Toshkent metrosining “O‘zgarish” bekatida yong‘in yuzaga keldi
Metropolitenning “O‘zgarish” bekatida relsdagi qisqa tutashuv sabab yong‘in yuzaga keldi. Holat 4 daqiqada bartaraf etildi va harakat tiklandi. Yong‘inda hech kimga jarohat yetmadi.
Andijondagi sement zavodi insofsiz raqobat uchun 4,9 mlrd so‘m jarimaga tortildi
Raqobat qo‘mitasi Shangfeng-Bridge of Friendship sement zavodi bilan bog‘liq tekshiruvni yakunladi. Kompaniya birja savdolarida demping va raqobatni cheklagani uchun 4,9 mlrd so‘m jarimaga tortildi.
Jahon
Qirg‘izistonda internetdagi dezinformatsiya uchun fuqarolarga jarima solish taklif etildi
Qirg‘iziston Madaniyat vazirligi OAV va internetda yolg‘on ma’lumotlarni tarqatganlik uchun fuqarolar va yuridik shaxslarga jarimalar joriy etishni taklif qildi. Vazirlikning fikricha, bu “internet-kontent iste’molida tanqidiy fikrlash zarurligi yuzasidan aholi xabardorligini oshiradi”.
Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!