Hafta o‘rtasida respublika hududiga nisbatan salqin havo kirib kelib, harorat foni 2−3 darajaga pasayadi, deb xabar bermoqda O‘zgidromet.

Dushanba, seshanba kunlari O‘zbekiston bo‘yicha quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi. Hududning katta qismida havo harorati +32…+35 daraja atrofida, janubda +36…+38 darajagacha bo‘ladi.

Chorshanba va payshanba kunlari havo harorati kunduz kunlari +27…+30 daraja atrofida, janubda +35 darajagacha bo‘ladi. Kechasi va erta tongda harorat +17…+20 darajagacha pasayishi kutilmoqda.

Juma kunidan boshlab harorat asta-sekin ko‘tariladi, haroratning ushbu ko‘tarilishi dam olish kunlarida ham davom etadi. Kunduz kungi harorat yana +30…+35 darajagacha ko‘tariladi.

28-avgust — chorshanba kuni Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarining ayrim joylarida jadalligi kamroq bo‘lgan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 28−29-avgust kunlari Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, shuningdek, respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida momaqaldiroqli qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Sharqiy yo‘nalishdagi shamol g‘arbdan 9−14 m/s tezlikda esadi, 28-avgustda ba’zi joylarda 15−20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Poytaxtda asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat 28-avgustda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, shamol tezligi 10−12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat asosan kechalari +15…+20 daraja, kunduz kunlari 26−27-avgustda +30…+33 daraja, 28−29-avgustda +27…+30 daraja bo‘ladi.