Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonning davlat va jamoat arboblaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida farmon imzoladi.

Ular “O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi o‘zaro hurmat va ishonch, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yangi bosqichga ko‘tarish, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlikni amaliy ma’no-mazmun hamda muhim tashabbuslar bilan boyitish, ustuvor yo‘nalishlardagi aloqalarni kengaytirish va har tomonlama rivojlantirish, qo‘shma loyihalarni faol ilgari surishga qo‘shgan shaxsiy hissasi, shuningdek, mamlakatlar xalqlarining ko‘p asrlik do‘stligi va hamjihatligini yanada mustahkamlash yo‘lidagi ulkan xizmatlari uchun” “Do‘stlik” ordeniga loyiq ko‘rildi.

Ro‘yxat:

  • Karin Yerlan Tinimbayuli — Qozog‘iston davlat maslahatchisi
  • Jeldibay Ruslan Sultanuli — Qozog‘iston prezidentining ichki siyosat va kommunikatsiya masalalari bo‘yicha yordamchisi
  • Jumangarin Serik Makashevich — Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari
  • Balayeva Aida Galimovna — Qozog‘iston madaniyat va axborot vaziri
  • Atamkulov Beybut Bakirovich — Qozog‘istonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi
  • Xashimjanov Ikram Akramovich — Qozog‘istondagi O‘zbeklar etnomadaniy birlashmalari uyushmasi raisi.