Siyosat
O‘zbekiston deputatlari saylovi uchun 39 mamlakatda saylov uchastkalari tashkil etiladi
O‘zbekiston parlament saylov uchastkalari 39 mamlakatda tashkil etiladi. Ulardan eng ko‘pi Rossiyada — yettita, Qozog‘iston va Xitoyda — uchtadan bo‘ladi. 7 mamlakatda ikkitadan, 29 mamlakatda bittadan uchastka ochiladi.
Davlat fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlashni kengaytiradi
Prezident fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan farmon imzoladi. O‘zgarishlar, jumladan, davlat grantlari va ijtimoiy buyurtmalar bo‘yicha loyihalarni tanlashda shaffoflikni oshirishni o‘z ichiga oladi.
Qozog‘istonning qator davlat va jamoat arboblariga “Do‘stlik” ordeni berildi
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonning davlat va jamoat arboblaridan 6 nafarini “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotladi. Ular orasida davlat maslahatchisi, prezident yordamchisi, vazir, elchi va boshqalar bor.
Shavkat Mirziyoyev Samarqandda Imom Buxoriy majmuasini borib ko‘rdi
Prezident Samarqandga tashrif buyurib, yangidan qurilayotgan Imom Buxoriy majmuasini ko‘zdan kechirdi. U mutasaddilarga tabarruk ziyoratgohlarni tiklash, ularning tarixi va mazmunini to‘g‘ri talqin qilib yetkazish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Iqtisodiyot
Raqobat qo‘mitasi Nukus xalqaro aeroportiga qarshi ish qo‘zg‘atdi
Raqobat qo‘mitasi Nukus xalqaro aeroportiga nisbatan ish qo‘zg‘atdi. Qo‘mita aeroport 120 mln so‘mlik tanlov savdolarini o‘tkazishda qonunlar talablariga rioya qilmaganini aniqlagan.
O‘zbekistonning Xitoy bilan savdo aylanmasi sekinlasha boshladi, Rossiya bilan esa tezlashdi
Yanvar-iyul oylarida savdo hajmi pasaygan bo‘lsa ham, Xitoy O‘zbekistonning tashqi savdodagi asosiy hamkori bo‘lib qolmoqda. Rossiya bilan savdo tezlashdi. Qozog‘iston va boshqa qo‘shni davlatlar, Turkiya, Koreya va Germaniya bilan tovar ayirboshlash kamaymoqda. Oltin savdosi pasayishi eksport hajmini kamaytirdi.
Jamiyat
Yangi Navoiy shaharchasi va “Yangi O‘zbekiston” istirohat bog‘i qurilishi boshlandi. Tafsilotlar
Navoiy viloyatida qariyb 1100 gektar maydonda turar joy va savdo binolari, universitetlar kampusi, kutubxona, sun’iy ko‘l va boshqalarni o‘z ichiga olgan Yangi Navoiy shaharchasi qurilishi boshlandi. Shuningdek, 50 gektar maydonda “Yangi O‘zbekiston” bog‘i tashkil etiladi.
Parkentda o‘tgan “Uzum sayli” xalqaro festivali — suratlarda
23−25-avgust kunlari Toshkent viloyatining Parkent tumanida “Uzum sayli” xalqaro festivali o‘tdi. 400 ming atrofida mahalliy va chet ellik sayyoh qatnashgani aytilayotgan tadbir qanday o‘tgani — “Gazeta.uz” fotoreportajida.
Mustaqillik bayramida necha kun dam beriladi?
Mustaqillik bayrami munosabati bilan o‘zbekistonliklar ketma-ket 4 kun (31-avgust-3-sentabr) dam oladi. 4-sentabrdan barcha yana ishga qaytadi.
Qozog‘istonda amakisi tomonidan jinsiy zo‘ravonlikka uchragan o‘zbekistonlik opa-singil vatanga qaytarildi
Qozog‘istonda amakisi tomonidan jinsiy zo‘ravonlikka uchragan 12 va 17 yoshli o‘zbekistonlik opa-singil vatanga qaytarildi. Qizlarning opasini ularga vasiy etib belgilash ishlari ketmoqda. Erkakka nisbatan dastlabki tergov tamomlanib, materiallar sudga yuborildi.
Homiladorlikda tishlarni davolatish mumkinmi?
Homiladorlik davrida tishlar va milk bilan bog‘liq ayrim muammolar paydo bo‘lishi mumkin. Mutaxassis birinchi va oxirgi uch oylikda har qanday davolanishni kechiktirish tavsiya qilinishi, ikkinchi uch oylik esa tishlarni davolatish uchun qulay va xavfsiz davr ekanini ta’kidladi.
Hafta o‘rtasida harorat biroz pasayadi
O‘zbekistonga hafta o‘rtasida nisbatan salqin havo kirib kelib, harorat 2−3 darajaga pasayadi: kunduzi +27…+30, janubda +35 darajagacha bo‘ladi. Ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Jumadan harorat asta-sekin ko‘tarilishni boshlaydi.
Rossiyada qarovsiz qolgan bolalarning yana bir guruhi O‘zbekistonga olib kelindi
Rossiyaning Sankt-Peterburg, Moskva, Novosibirsk va Qozon shaharlarida qarovsiz qolib ketgan 31 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi.
Bir guruh harbiylar va huquqni muhofaza qilish xodimlari mukofotlandi. Ular orasida ichki ishlar vaziri ham bor
Prezident Mustaqillik kuni arafasida harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhini mukofotladi. Ular orasida ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov va Oliy sud raisi Baxtiyar Islamov ham bor. To‘liq ro‘yxat.
Prezident Samarqandda “Sharq taronalari” festivali ochilishida qatnashadi
Dushanba kuni kechqurun Shavkat Mirziyoyev Samarqandga tashrif buyurib, “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalining tantanali ochilish marosimida ishtirok etadi.
Katta Chimyon tog‘ida adashib qolgan fuqarolar qutqarildi
Bo‘stonliq tumanidagi Katta Chimyon tog‘iga chiqib, yo‘ldan adashib qolgan uch nafar fuqaro FVV xodimlari tomonidan qutqarildi.
Umra mavsumi 10-sentabrdan boshlanadi
O‘zbekistonda Umra mavsumi 10-sentabrdan boshlanadi. Ziyoratchilar Madinada 3 kun, Makkada esa 7 kun bo‘ladi. Umra xizmatlari narxi bir kishi uchun 16,6 mln so‘m, biroq Haj-Umra markazi narxlar o‘zgarishi mumkinligini ma’lum qildi.
Rossiya O‘zbekistonga maymunchechakni aniqlash uchun test tizimlarini yuboradi
“Rospotrebnadzor” O‘zbekistonga maymunchechakni aniqlash uchun test tizimlarini yuboradi. Birinchi to‘plamlar shu haftada yetkazib beriladi.
Prezident: “Musiqa va san’at festivallari — O‘zbekistonning tinchlik-totuvlikka da’vati”
Samarqandda besh yillik tanaffusdan so‘ng yana “Sharq taronalari” festivali boshlandi. Prezident mazkur forum o‘z mazmun-mohiyati va ahamiyatiga ko‘ra “Jahon taronalari” festivaliga aylanganini ta’kidladi. U bunday festivallarni “O‘zbekistonning tinchlik-totuvlikka ezgu da’vati” deb atadi.
Sport
U-17 JCh: Erkin kurashchi Ulug‘bek Rashidov oltin medalni qo‘lga kiritdi
Iordaniyada o‘tgan sport kurashlari bo‘yicha U-17 yosh toifasidagi jahon chempionatida O‘zbekiston 7 ta medal (1 ta oltin, 1 ta kumush, 5 ta bronza) qo‘lga kiritdi. Erkin kurashchi Ulug‘bek Rashidov chempion bo‘ldi (video).
Jahon
Telegram Pavel Durovga qo‘yilgan ayblovlarni absurd deb atadi
Telegram Pavel Durovning Fransiyada hibsga olinishiga izoh berarkan, ushbu platformadagi suiiste’molliklar uchun platforma yoki uning egasi javobgar ekani haqidagi da’volarni absurd deb atadi.
Rossiya Ukraina energetika obyektlariga keng miqyosli zarbalar berdi
Rossiya armiyasi Ukraina hududiga yuzdan ortiq raketa va dronlar uchirdi, asosiy zarba energetika obyektlariga berildi. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy hujumni urush davridagi eng yirik hujumlardan biri deb atadi va mamlakat energetika sektoriga “katta zarar yetkazilganini” ta’kidladi.
Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!