Siyosat
O‘zbekiston va Ozarbayjon prezidentlari Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risida shartnoma imzoladi
O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida qator hujjatlar, jumladan, Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma, mehnat faoliyati va fuqarolarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish rejasi va boshqalar imzolandi.
“Sanksiyalarga qarshi kurashishda va oilamni himoya qilishda davom etaman” — Alisher Usmonov
Kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan milliarder Alisher Usmonov rossiyalik tadbirkorlarga qarshi sanksiyalarni “ulkan xato” deb atadi. Uning aytishicha, u sanksiyalarga qarshi kurashishda davom etmoqda va sanksiyalarga uchragan oilasini himoya qilmoqda.
“Ozarbayjon bilan ishonchli strategik hamkor edik, bugundan boshlab ittifoqdoshmiz” — Shavkat Mirziyoyev
Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston va Ozarbayjon rahbarlarining tor doiradagi uchrashuvi va Davlatlararo oliy kengashning birinchi majlisi o‘tkazildi. Shavkat Mirziyoyev Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma imzolanishi haqida gapirib, bu galgi tashrif tarixiy voqea ekanini ta’kidladi.
2025-yil O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida iqtisodiy kooperatsiya yili bo‘ladi
O‘zbekiston va Ozarbayjon prezidentlari 2025-yilni ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy kooperatsiya yili deb e’lon qilish hamda 20 ta asosiy yo‘nalish bo‘yicha dastur qabul qilishga kelishib oldi.
“O‘zenergoinspeksiya” hukumat bo‘ysunuviga o‘tkaziladi
Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” Vazirlar Mahkamasi bo‘ysunuviga o‘tkaziladi. Uning tarkibida Energiya samaradorligini oshirish departamenti va Energetika nazorati sohasini raqamlashtirish boshqarmasi ham tashkil etiladi.
Iqtisodiyot
O‘zbekiston va Ozarbayjon hamkorligi kelajagi biznesga bog‘liq — Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston va Ozarbayjon prezidentlari ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashdi. Shavkat Mirziyoyev biznes ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishning asosiy omiliga aylanishi kerakligini ta’kidladi. Davlat rahbarlari qo‘shma loyihalarni ishga tushirishda ham ishtirok etdi.
Yetti oyda gaz importi $983,7 mlnga yetdi, eksport $323 mlnni tashkil qildi
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar-iyul oylarida O‘zbekistonga gaz importi 983,7 mln dollarni tashkil etgan, bu 2023-yil yetti oyiga nisbatan qariyb 5 barobar ko‘p. Yil boshidan buyon “ko‘k yoqilg‘i” eksporti 323 mln dollardan oshdi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan biroz kamroq.
Jamiyat
Toshkent — Moskva yo‘nalishida poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
24-sentabrdan Toshkentdan Moskvaga temiryo‘l qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi. Qatnov 77 soatni tashkil qiladi, chiptalar reys sanasidan qancha ko‘p kun oldin xarid qilinsa, chegirma qo‘llanadi.
Zangiotada ro‘mol o‘rab, niqob taqqan ayol jarimaga tortildi (aniqlik kiritildi)
Zangiota tumanida ro‘mol o‘ragan va matodan niqob taqib yurgan ayol jamoat joyida yuzini berkitib yurganlik moddasi bilan jarimaga tortildi. U sudda mebel sexida ishlashini va changga allergiyasi borligi uchun niqob taqishini aytdi.
O‘zA milliy axborot agentligi virtual suxandonni taqdim etdi (video)
O‘zA axborot agentligi sun’iy intellektga asoslangan virtual suxandon Sobira Xoldarovani taqdim etdi. U yangiliklarni to‘qqizta tilda yetkazadi. Uni yaratish uchun jurnalist Dildora Abduxalilovaning prototipidan foydalanilgan.
“Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi"ga nisbatan jarima qo‘llandi
Raqobat qo‘mitasi “Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi” AJ “Raqobat to‘g‘risida"gi qonunning 29-moddasi talablarini buzgani haqida xabar berdi. Korxonaning 2,8 mlrd so‘mdan ortiq tender savdolari yuzasidan o‘rganish olib borilgan.
Yakshanba kuni havo biroz salqinlashadi
Dam olish kunlari O‘zbekiston bo‘yicha quruq va asosan kam bulutli ob-havo saqlanib turadi. Harorat shanbada +34…+37, yakshanba kuni esa +30…+33 daraja atrofida bo‘ladi. Farg‘ona vodiysining ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Toshkentda yil boshidan beri ko‘proq qaysi idora xodimlari korrupsiyaviy jinoyatlar sodir etgani aytildi
Poytaxtda asosan huquqni muhofaza qiluvchi organlari, oliy, xalq ta’limi va maktabgacha ta’lim, sog‘liqni saqlash idoralarida ishlovchi shaxslar korrupsiyaviy jinoyatlar sodir etgan. Jinoyat ishlari tergovi doirasida 93 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan.
Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (24−25-avgust)
Oltita yangi film premyerasi, ochiq havoda kino namoyishlari, Mocfest festivali, ko‘rgazmalar, kattalar va bolalar uchun ijodiy mahorat darslari, Respublika bolalar kutubxonasidagi ma’rifiy dasturlar, teatr tomoshalari va boshqa tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.
Qator viloyatlarda erkaklar “shaxsini identifikatsiya qilish imkonini bermaydigan” soqoli uchun jarimaga tortildi
O‘zbekistonning ayrim viloyatlarida sudlar erkaklarni “shaxsini identifikatsiya qilish imkonini bermaydigan” soqol qo‘ygani uchun jarimaga tortdi. Bu modda bilan asosan yuzini to‘liq yopadigan kiyim kiygan ayollar javobgarlikka tortiladi.
Qashqadaryoda hokim yordamchisi va boshqalar 1 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ni talon-toroj qilishda gumonlanmoqda
Shahrisabz shahrida hokim yordamchisi kompaniyalar rahbarlari bilan birga fuqarolar nomiga 1 mlrd 173,6 mln so‘m kredit rasmiylashtirib, ularni talon-toroj qilgani aytilmoqda. Holat bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
OTMlarda yangi o‘quv yili 9-sentabrdan boshlanadi
O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili 9-sentabr, dushanba kunidan boshlanadi. Akademik litseylarda esa — 4-sentabrdan.
Madaniyat
Qoraqalpog‘istondagi o‘tov Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi
Prezident yaqinda tadbirkorlar bilan muloqot o‘tkazgan Nukus shahri “Oq qush” majmuasidagi o‘tov dunyodagi eng katta o‘tov sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi. Uning diametri 40,5 metrni tashkil qiladi.
Sport
Diyora Keldiyorova gender tengsizligi va bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashish bo‘yicha maxsus vakil bo‘ldi
Dzyudo bo‘yicha 2024-yilgi Olimpiada chempioni Diyora Keldiyorova Ijtimoiy himoya milliy agentligining gender tengsizligi va bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashish bo‘yicha maxsus vakili lavozimiga tayinlandi.
Prezident Olimpiada sovrindorlarini mukofotladi
Shavkat Mirziyoyev Parijdagi yozgi Olimpiya o‘yinlarida natijalarga erishgan sportchi va murabbiylardan bir guruhini orden va faxriy unvonlar bilan mukofotladi. Ro‘yxat.
Jahon
Rossiya Ukrainaning Pokrovsk shahrini olishga yaqin — Economist
Rossiya qo‘shinlari Ukrainaning Donetsk viloyatidagi Pokrovsk shahrini — boshqa yirik shaharlarga yo‘l ochadigan muhim strategik maqsadni qo‘lga kiritishga yaqin turibdi, deb yozadi Economist. Rasmiylar mahalliy aholini evakuatsiya qilishni boshladi.
Qozog‘istonda AES qurish bo‘yicha jamoatchilik eshituvlari yakunlandi
Ostonada Qozog‘istondagi birinchi atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha so‘nggi ommaviy eshituvlar bo‘lib o‘tdi. Avvalroq prezident Qosim-Jomart Toqayev AES bo‘yicha referendum kuzda bo‘lib o‘tishini ma’lum qilgandi.
Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!