Siyosat
Deputatlar davlat siri to‘g‘risidagi yangi qonunni qabul qildi
Qonunchilik palatasi 1993-yilda qabul qilingan amaldagi “Davlat sirlarini saqlash to‘g‘risida"gi qonun o‘rniga “Davlat siri to‘g‘risida"gi qonunni qabul qildi. Hujjatda maxfiylashtirilmaydigan ma’lumotlar ro‘yxati kengaytirilmoqda.
Deputatlar davlat mudofaa buyurtmasi to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi
O‘zbekiston parlamenti quyi palatasi davlat mudofaa buyurtmasi to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi. Hujjat xavfsizlikni ta’minlash, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish bilan bog‘liq davlat mudofaa buyurtmasi masalalari bo‘yicha munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan.
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev rafiqasi hamrohligida O‘zbekistonga keldi
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev rafiqasi hamrohligida davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi. Uni aeroportda bosh vazir Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Iqtisodiyot
Hindistonning Avee Broilers kompaniyasi 43 mln dollar evaziga O‘zbekistonda parranda go‘shti ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi mumkin
Hindistonning Avee Broilers genetik kompaniyasi Jizzax va Samarqand viloyatlarida parrandachilik korxonasi barpo etishni rejalashtirmoqda. Ushbu korxona ishga tushirilgach, O‘zbekiston go‘sht importidan voz kechib, uni eksport qila boshlashi kutilmoqda.
Iste’mol dizeli importi 2022-yilning birinchi yarimyilligiga nisbatan 7,3 barobar oshdi (aniqlashtirildi)
Yil boshidan buyon 168,6 mln dollarlik 206,9 ming tonna iste’mol dizeli import qilindi, bu 2023-yilning yanvar-iyuliga nisbatan 22 foiz, 2022-yilnikiga nisbatan esa 7,3 barobar ko‘p. Bojxona qo‘mitasi va Energovazirlik aniqlik kiritishicha, dizelning barcha turlari hisobga olinsa, import qisqargan.
Statagentlik iyul uchun energoresurslar ishlab chiqarish ma’lumotlarini e’lon qildi
Statagentlik iyul uchun energoresurslar ishlab chiqarish ma’lumotlarini e’lon qildi. Gaz qazib olish 3,79 mlrd kub metrni tashkil etdi. Ko‘mir qazib olish yana rekord o‘rnatdi, dizel ishlab chiqarish ko‘paydi. Yirik korxonalarda elektr ishlab chiqarish 17 foizga, neft — 7 foizga, benzin — 13,7 foizga kamaydi.
Raqobat qo‘mitasi “Korzinka"ga talablarni bajarish uchun muhlat berdi
Raqobat qo‘mitasining maxsus komissiyasi korzinka supermarketlar tarmog‘iga talablarini bajarish uchun muhlat berdi. “Korzinka” allaqachon ommaviy oferta va “Eng arzon narx” dasturining aloqa materiallariga o‘zgartirishlar kiritdi, shuningdek, jarima to‘ladi.
Jamiyat
O‘zbekiston aholisining aksariyat qismida maymunchechakka qarshi jamoaviy immunitet mavjud — Sanepidqo‘mita
O‘zbekiston aholisining 1980-yildan avval tug‘ilgan qismi chin chechak kasalligiga qarshi to‘liq emlangan. Sanepidqo‘mitaning ta’kidlashicha, chin chechakka qarshi emlashdan keyin hosil bo‘lgan immunitet maymunchechakka qarshi ham ishlaydi va kasallikning keng tarqalish xavfini pasaytiradi.
“Tashabbusli budjet"ning 2-mavsumiga ovoz berish boshlandi
“Tashabbusli budjet” loyihasining 2024-yil 2-mavsumidagi loyihalarga ovoz berish boshlandi. Jarayon 31-avgust soat 23:59 ga qadar davom etadi. Loyihalar uchun 2 trln so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltiriladi.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlarda maxsus unvon uchun xizmat qilish muddatlari o‘zgardi
Prezident qarori bilan, IIO, bojxona, milliy gvardiya va harbiy xizmatdagi maxsus unvonlar uchun xizmat qilish muddatlariga o‘zgartirishlar kiritildi.
Ichki ishlar organlaridan pensiyaga chiqish uchun xizmat muddati uzaytirilgani yo‘q — IIV
IIV ichki ishlar organlarida pensiyaga chiqish uchun xizmat muddatini 25 yilgacha uzaytirish mumkinligi haqidagi xabarlarni rad etib, bunday taklif yoki qo‘shimchalar ko‘zda tutilmaganini bildirdi. Hozirda bu muddat 20 yilni tashkil etadi.
Toshkentning qator tumanlarida ichimlik suvi rejali o‘chiriladi. Ro‘yxat
Toshkentning qator tumanlarida 5-sentabr-3-oktabr kunlari rejali profilaktika-ta'mirlash ishlari o‘tkazilishi sababli ichimlik suvi navbatma-navbat vaqtincha o‘chiriladi. Hududlarga maxsus texnikalarda suv yetkazib beriladi. Ro‘yxat.
Toshkent aeroportida to‘pponcha olib o‘tmoqchi bo‘lgan xorijlik ushlandi
Toshkent xalqaro aeroporti chegara-bojxona postida Sankt-Peterburgdan uchib kelgan shaxs pnevmatik to‘pponcha olib o‘tmoqchi bo‘lgani aniqlandi.
Baliqchi tumani hokimi o‘rinbosari 30 ming dollar pora bilan ushlandi
Andijon viloyati Baliqchi tumanida hokim o‘rinbosari va tuman uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi bosh mutaxassisi qamoqqa olindi. Ular tuman hokimligi zaxirasidagi yerni xaridor nomiga rasmiylashtirib berishga kelishgan.
DXX 3 ta viloyatda noqonuniy yer savdosi holatlariga chek qo‘ydi
O‘rta Chirchiqda fuqaro obodonlashtirish uchun ajratilgan 2 ga yerni 560 ming dollarga sotmoqchi bo‘lganda ushlandi. Boshqa holatda Farg‘onada tuman hokimligining yeri 410 ming dollarga sotilishining oldi olindi. DXX jami 5 ta holatda noqonuniy yer savdosini to‘xtatib qoldi.
Jahon
Lukashenkoning bayonotidan so‘ng Belarus elchisi Qozog‘iston TIVga taklif etildi
Aleksandr Lukashenko MDHning ba’zi davlatlari Rossiyadan faqat foyda olishga intilayotgani haqida gapirgandi. U misol sifatida KXSHTning Qozog‘istondagi yanvar voqealaridagi harakatini eslatdi. Bayonotdan so‘ng Belarus elchisi Qozog‘iston TIVga taklif etildi va Ostona pozitsiyasini xolisona baholash so‘raldi.
Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!