Siyosat

dayjest

Sobiq vazir Aziz Voitov va yana 49 kishiga oid jinoyat ishi ochiq sudda ko‘riladi

Aziz Voitov va boshqalarga (jami 50 kishi) oid jinoyat ishini birinchi instansiyada ochiq sudda ko‘rib chiqish 5-sentabrda boshlanadi. Ular JKning o‘zlashtirish, firibgarlik, vakolatni suiiste’mol qilish, pora va boshqa moddalari bo‘yicha ayblanmoqda. Sudlanuvchilarning 29 nafari qamoqqa olingan.


dayjest

Nig‘matilla Yo‘ldoshev Kurash federatsiyasi raisligiga qayta saylandi

Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev O‘zbekiston kurash federatsiyasi raisi etib qayta saylandi.


Iqtisodiyot

dayjest

O‘zbekistonda taksi haydovchisi sifatida rasman ro‘yxatdan o‘tganlar soni 576 mingga yetdi

O‘zbekistonda norasmiy ishlab kelgan yarim milliondan ortiq fuqaro (576,1 ming) yo‘lovchi tashish sohasida o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida rasman ro‘yxatdan o‘tgan. Yil boshidan beri daromadi 100 mln so‘mdan oshgan haydovchilarning soni 171 nafarga yetgan.


dayjest

O‘zbekiston mazut importini 2 baravar, iyun-iyulda esa 20−22 baravar oshirdi

Yil boshidan buyon O‘zbekiston 843,6 ming tonna mazut import qildi, bu o‘tgan yilning yanvar-iyul oylaridagi hajmdan ikki baravar ko‘p. Iyunda import 22 baravar (2023-yil iyuniga nisbatan), iyulda esa 19,6 baravar oshdi.


Jamiyat

dayjest

Senat huquq-tartibot xodimlari videolarini “obro‘sizlantirish maqsadida” tarqatishni taqiqlovchi qonunni qayta ishlash uchun qaytardi

O‘zbekiston Senati huquq-tartibot idoralari xodimlari faoliyatiga oid tasvirlarni “obro‘sizlantirish maqsadida” tarqatganlik uchun jazoni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlarni ma’qullamadi. Qonun loyihasini takomillashtirish va yakunlash uchun Senat va Qonunchilik palatasining kelishuv komissiyasi tuziladi.


dayjest

Dam olish kunlari harorat +27 darajagacha pasayadi

Dam olish kunlari salqin havo O‘zbekistonning barcha hududlariga tarqaladi. Harorat kunduz kunlari +27…+36, kechalari +17…+22 darajagacha pasayadi. Ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.


dayjest

Toshkent aeroportida 20 yoshli qiz aldov orqali fohishalik uchun Dubayga olib ketilayotgani aniqlandi

Toshkent viloyatida yashovchi 20 yoshli yigit o‘zi tengi qiz tanishini katta daromad topishga ishontirib, Dubayga fohishalik uchun jo‘natmoqchi bo‘lgani aniqlandi. U Toshkent aeroportida qo‘lga olindi, jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.


dayjest

Surxondaryodagi bog‘chada tarbiyachi 5 yoshli bolani urgani aniqlandi

Surxondaryo viloyati Denov tumanida bog‘cha tarbiyachisi beodoblik qilgan bolani “tarbiyalash maqsadida” chizg‘ich bilan urgani aniqlandi. Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


dayjest

Ukraina Rossiyaning Kursk viloyatida harbiy komendatura tashkil etilganini e’lon qildi

Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Rossiyaning Ukraina armiyasi nazorati ostiga o‘tgan Kursk viloyati hududida “tartibni saqlash va aholi ehtiyojlarni qondirish maqsadida” harbiy komendatura tashkil etilganini ma’lum qildi.


dayjest

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (17−18-avgust)

Beshta kinopremyera, “Toshkent suvenirlari” yarmarkasi, Tohir Sodiqov va Yulduz Usmonova konsertlari, hokkey o‘yinlari, ko‘rgazmalar, mahorat darslari hamda boshqa tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.


dayjest

Bola nega 7 yoshdan maktabga borishi kerak?

“Ayrim ota-onalar farzandi 6 yoshga to‘lishi bilan uni maktabga berishni xohlaydi, biroq bola har qancha aqlli bo‘lmasin, fikrlash qobiliyati to‘liq shakllanib ulgurmaydi”, — deydi SSV. Vazirlik ularni nega 7 yoshga yetgach maktabga yuborish kerakligi haqida tushuntirish berdi.


dayjest

Surxondaryoda noqonuniy diniy ta’lim bergan yigit 15 sutkaga qamaldi

Termiz shahrida 26 yoshli yigit Telegram’da guruh ochib, 37 kishiga noqonuniy diniy saboq berib kelgani aniqlandi. Sud hukmi bilan unga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.


dayjest

Rossiyada qarovsiz qolgan bir guruh bolalar O‘zbekistonga qaytarildi

Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan 8 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi. Ular Novosibirsk, Irkutsk, Krasnoyarsk va Vladivostok shaharlaridan to‘plangan.


dayjest

Senat bolasini noqonuniy diniy ta’lim olishga jalb qilgan ota-onalar javobgarlikka tortilishi ko‘zda tutilgan qonunni ma’qulladi

Senat ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan bolani qonunga xilof ravishda diniy ta’lim olish jarayoniga jalb qilganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilash ko‘zda tutilgan qonunni ma’qulladi.


dayjest

Toshkentda 2 bola 5-qavatdagi yong‘indan qutqarildi

Uchtepa tumanida yong‘in bo‘layotgan uydan 5 va 7 yoshli bola qutqarib qolindi. Xonadon egalari ularni yolg‘iz qoldirib, eshikni qulflab ketgan. FVBga ko‘ra, bolalarning ahvoli yaxshi.


dayjest

O‘zbekistonda kriptologiya sohasida ta’lim va ilm-fanni rivojlantirish bo‘yicha prezident qarori qabul qilindi

O‘zbekistonda 2024−2025-yillarda kriptologiya sohasida ta’lim va ilm-fanni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi. OTM, ilmiy-tadqiqot muassasalari va boshqa tashkilotlarning tajribali mutaxassislaridan iborat Kriptologiya sohasida idoralararo ekspert guruhi tashkil etiladi.


dayjest

“Sharq taronalari” festivali Registon maydonida o‘tadigan bo‘ldi

Samarqandda 26−30-avgust kunlari “Sharq taronalari” XIII xalqaro musiqa festivali yangi lokatsiya — “Boqiy shahar” majmuasida o‘tkazilishi aytilgandi. Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov festivalning asl brendi Registon maydoni ekanini ta’kidlab, shu hududda o‘tkazish fikriga qaytilganini ma’lum qildi.


dayjest

“Gazeta.uz” Olimpiadada O‘zbekiston sharafini himoya qilgan futbolchilar haqida hujjatli film suratga olmoqda

“Gazeta.uz” ilk hujjatli filmini suratga olishni davom ettirmoqda — u futbolchilarning Parijdagi Olimpiadadagi ishtirokiga bag‘ishlanadi. Premera noyabrga rejalashtirilgan. “Umid qilamizki, film bizni Parijga olib kelgan yo‘lni unutmaslikka yordam beradi”, — dedi Gazeta News direktori Davlat Umarov.


Sport

dayjest

Futzal bo‘yicha O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan JCH chiptalarini onlayn xarid qilish uchun sayt yaratildi

Uzinfocom kompaniyasi O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan futzal bo‘yicha Jahon chempionati o‘yinlariga chiptalarni onlayn xarid qilish xizmatini taqdim etdi.


Jahon

dayjest

JSST maymunchechak epidemiyasini favqulodda holat deb e’lon qildi

JSST ikki yil ichida ikkinchi bor maymunchechak epidemiyasini sog‘liqni saqlash bo‘yicha favqulodda holat deb e’lon qildi. Qaror Kongo Demokratik Respublikasida infeksiya avj olgani va kasallik qo‘shni davlatlarga ham tarqalgani fonida qabul qilindi.


dayjest

Hindistonda minglab ayollar gender zo‘ravonligiga qarshi tungi namoyish o‘tkazdi

15-avgustga o‘tar kechasi Hindistonning Kalkutta shahrida o‘n minglab ayollar gender zo‘ravonligiga qarshi tungi marshga chiqdi. Aksiyaga shahar shifoxonalaridan birida ishlagan stajyor hamshiraning uzun ish vaqtidan so‘ng zo‘rlangani va o‘ldirilgani sabab bo‘ldi.


dayjest

Qozog‘iston Rossiyaga qarshi sanksiyalarga o‘z manfaatlariga zarar keltiradigan tarzda “ko‘r-ko‘rona ergashmaydi” — bosh vazir o‘rinbosari

Qozog‘iston G‘arbning Rossiyaga qarshi sanksiyalariga o‘z manfaatlariga zarar keltirish orqali “ko‘r-ko‘rona ergashmaydi”, dedi mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari Serik Jumangarin. Uning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘iston ikkinchi darajali sanksiyalar ostida “qolmasligi” uchun qoidalarga amal qilishda davom etadi.


Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!