Siyosat
O‘zbekiston Markaziy Osiyoning kelajagi uchun alohida mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgan — Abdulaziz Komilov
O‘zbekiston Markaziy Osiyo kelajagi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgan, deyiladi prezident maxsus vakili Abdulaziz Komilovning maqolasida. O‘zbekiston taraqqiyotining barcha hayotiy masalalari chegaradoshlar bilan yaxshi qo‘shnichilik va oldindan taxmin qilish mumkin bo‘lgan munosabatlarga bog‘liq, dedi u.
Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatidagi mutasaddilar ishini tanqid qildi
Buxoro viloyatida 160 ta davlat muassasasida 5 ming nafar rahbar xodim ishlaydi, ularning ish haqi uchun har yili budjetdan 455 mlrd so‘m (har bir xodimga o‘rtacha 7,58 mln so‘m) ajratiladi, dedi prezidenti. Shavkat Mirziyoyev viloyat hokimiga ular uchun KPI belgilashni topshirdi.
Senat huquq-tartibot xodimlari videolarini “obro‘sizlantirish maqsadida” tarqatishni taqiqlovchi o‘zgartirishni ko‘rib chiqadi
Senatning navbatdagi yalpi majlisi 15-avgust kuni bo‘lib o‘tadi. Unda huquq-tartibot idoralari xodimlari faoliyatiga oid tasvirlarni “obro‘sizlantirish maqsadida” tarqatganlik uchun jazoni nazarda tutuvchi o‘zgartirish ham ko‘rib chiqiladi. Yuqori palata mazkur hujjatni haligacha ko‘rib chiqmagandi.
Iqtisodiyot
Omonatlarning kafolatlangan miqdorini 200 mln so‘mgacha kamaytirish rejalashtirilmoqda. Bu nima uchun kerak?
O‘zbekiston dunyoda 100 foiz omonat kafolati hali ham amal qiladigan kam sonli davlatlardan biridir. Markaziy bank kafolat chegarasini 200 mln so‘m etib belgilashni, kompensatsiya berish muddatini qisqartirishni va boshqalarni taklif qilmoqda. To‘liq kafolat avval ochilgan depozitlar uchun saqlanib qoladi.
Kambag‘allik darajasini 3 yil ichida 7 foizga tushirish ko‘zda tutilmoqda. Chora-tadbirlar rejasi
Kambag‘allikni qisqartirish va ijtimoiy himoya tizimi qayta ko‘rib chiqiladi. Har yili 50 ta mahalla tanlab olinib, kambag‘allik va ishsizlikdan xoli hududga aylantiriladi. Shuningdek, bu hokim yordamchilarining asosiy vazifasiga aylanadi. Ehtiyojmandlarni ishga olgan tadbirkorlarga soliq imtiyozlari beriladi.
Prezident 100 dan ortiq ishbilarmonni “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirladi
Shavkat Mirziyoyev Tadbirkorlar kuni oldidan 104 nafar ishbilarmonni “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash bo‘yicha farmoyish chiqardi (ro‘yxat).
Prezident Koreyadan yuqori tezlikdagi 6 ta elektropoyezdni xarid qilish bo‘yicha qaror imzoladi
O‘zbekiston Koreya Eksimbanki ishtirokida 6 ta yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdlarni xarid qiladi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” va “Temiryo‘lekspress” loyihani o‘z vaqtida hamda sifatli bajarish, shuningdek, qarzlardan samarali foydalanishga mas’ul bo‘ladi.
Qirqqa yaqin tadbirkor orden va medallar bilan taqdirlandi
Prezident Tadbirkorlar kuni munosabati bilan soha vakillaridan bir guruhini, jumladan, 37 kishini mukofotlash to‘g‘risida farmon imzoladi. Ularga “Mehnat shuhrati”, “Do‘stlik” ordenlari va “Kelajak bunyodkori” hamda “Shuhrat” medallari berildi (ro‘yxat).
Orient Group Management va UzOman kompaniyalariga nisbatan monopoliyaga qarshi ish ochildi
Raqobat qo‘mitasi Orient Group Management va O‘zbekiston-O‘mon investitsiya kompaniyasiga (UzOman) qarshi ish qo‘zg‘atdi, ularning har biri Highway Logistics Center aksiyalarining 45 foizdan ortig‘iga egalik qilishi aniqlandi. Kompaniyalar monopoliyaga qarshi qonunchilikni buzgani uchun jarimaga tortildi.
O‘zbekistonda faktoring xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha farmon imzolandi. Asosiy ma’lumotlar
Prezident faktoring xizmatlari bozorini rivojlantirishga oid farmon imzoladi. 2025-yildan kredit tashkilotlari faktoring shartnomalari bo‘yicha sotib olingan pul talabnomalarini qayta sota (refaktoring) oladi, mijoz kontragenti norezident bo‘lsa, operatsiyalarni xorijiy valyutada qilishga ruxsat etiladi.
Jamiyat
“Andijon” klubi futbolchisi “Bunyodkor” stadionida Milliy gvardiya xodimi bilan mushtlashdi
“Andijon” futbol klubi a’zosi Marlen Chobanov “Bunyodkor” stadionida Milliy gvardiya xodimi talabiga bo‘ysunmay, u bilan janjallashdi. Futbolchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test 19−20-avgustda bo‘lib o‘tadi
Xorijiy va xususiy oliygohlardan davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 19−20-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. Sinovlar 2 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fan bo‘yicha o‘tkaziladi.
Maktab sumkasini tanlashda nimalarga e’tibor berish kerak?
SSV yangi o‘quv yili oldidan maktab sumkalarini tanlashda nimalarga e’tiborli bo‘lish va ulardan qanday foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berdi. “Noto‘g‘ri tanlangan va foydalanilgan ryukzaklar umurtqa pog‘onasi va mushaklar uchun ortiqcha yuklamani keltirib chiqaradi, bu skolioz rivojlanishi xavfini oshiradi”.
Firibgarlikda ayblanib qidiruvda bo‘lgan yana bir ayol Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi
Firibgarlikda ayblanib 2022-yildan buyon qidiruvda bo‘lgan Dilafruz Madiyeva Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi. Undan jabr ko‘rganlar Bosh konsulxonaga yoki IIVga murojaat qilishi mumkin.
Xizmat ko‘rsatish joylarini sotib olish uchun “xizmat ipotekasi” joriy qilinadi — prezident
Prezident xizmat ko‘rsatish joylarini sotib olish uchun alohida kredit turi yo‘lga qo‘yilishini aytdi. U mutasaddilarga “xizmat ipotekasi"ni joriy qilib, kredit ajratishni boshlashni topshirdi.
Namanganda mulkiy nizo sabab qarindoshi va uning ikki bolasini o‘ldirgan erkak ushlandi
Namangan viloyati Pop tumanida mulkiy nizo kelib chiqqan janjalda qarindosh ayol va uning ikki nafar yosh bolasini pichoqlab o‘ldirgan erkak qo‘lga olindi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Qashqadaryoda basseynda cho‘milishga borgan 18 yoshli yigit tok urishi oqibatida vafot etdi
Qarshi tumanida 18 yoshli yigitni suzish havzasi hududida tok urdi. Oqibatda u shifoxonaga yetmasdan vafot etdi. Ochilganiga 2 oy bo‘lgan basseyn faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.
Adaptiv sport turlari assotsiatsiyasi tashkil etildi
Prezident topshirig‘iga asosan, nogironligi bo‘lgan shaxslarni sportga jalb qilish maqsadida shu yo‘nalishdagi federatsiyalarni o‘z ichiga olgan Adaptiv sport turlari assotsiatsiyasi tashkil etildi. IHMA direktorining o‘rinbosarlari tashkilot tuzilmalaridagi mas’ul lavozimlarga saylandi.
Samarqandda YTH oqibatida 4 yoshli bola halok bo‘ldi
Jomboy tumanida Gentra haydovchisi yo‘l chetidagi 4 yoshli piyodani urib yubordi. Oqibatda bola tan jarohatlari bilan voqea joyida halok bo‘ldi.
Oyoqyalang yurishning qanday foydalari bor?
Miya faoliyati va uyquni yaxshilaydi, yallig‘lanishlar va surunkali kasalliklar rivojlanish xavfini kamaytiradi, immunitetni oshirib, stressni kamaytiradi, infeksiyalarning oldini oladi — yalangoyoq yurishning 6 ta eng muhim foydasi haqida.
Andijonda o‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilgan maktab direktori jarimaga tortildi
Asakadagi 37-maktabda o‘qituvchilar og‘ir qurilish ishlariga jalb qilingani, ish jarayonida o‘qituvchilardan biri jarohatlangani xabar qilingandi. Ma’lum bo‘lishicha, o‘qituvchilar dars soatlari qisqarib ketishidan qo‘rqib, majburiy mehnatga rozi bo‘lgan. Maktab direktori 35 mln so‘m jarimaga tortildi.
Namanganda fuqaro uni to‘xtatishga kelgan ikki IIB xodimini pichoqladi
Namanganda aholi tinchligini buzib, bezorilik qilayotgan fuqaro holatning oldini olishga kelgan ikki nafar IIB xodimini pichoq va yog‘och bilan jarohatladi. U qo‘lga olindi, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Sport
Olimpiadachi Sitora Turdibekovaga 1 xonali uy sovg‘a qilindi
Parij-2024 yozgi Olimpiada o‘yinlarida qatnashgan bokschi Sitora Turdibekovaga 1 xonali uy sovg‘a qilindi. Hokimlikning “Gazeta.uz"ga aniqlik kiritishicha, xonadon tadbirkor tomonidan berilgan. Sportchi jinsi bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan tayvanlik bokschi Lin Yu Ting bilan jang qilib, yutqazgandi.
Sport faxriysi Sayfiddin Ermatov 71 yoshida vafot etdi
O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatovning otasi, hakamlik va nazoratchilik faoliyati bilan o‘zbek futboli rivojiga hissa qo‘shgan Sayfiddin Ermatov 71 yoshida vafot etdi. U 1982-yilda tug‘ilgan futbolchilardan iborat O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi ham bo‘lgan.
Jahon
Olimlar Mars yuzasi ostida suyuq suv borligini aniqladi
Mars sathidan pastda (11,5 dan 20 kilometrgacha) juda katta suyuq suv zaxirasi bo‘lishi mumkin. Amerikalik olimlar NASA’ning InSight Lander zondi tahlili asosida shunday xulosaga keldi.
Donald Tramp X tarmog‘ida Ilon Maskka intervyu berdi
AQSh prezidentligiga nomzod Donald Tramp milliarder Ilon Maskka intervyu berdi. Suhbat Maskning X platformasida bo‘lib o‘tdi va texnik muammolar tufayli 40 daqiqa kechikish bilan boshlandi. Siyosatchi va biznesmen turli mavzularni muhokama qildi, shuningdek, “bir-birlariga maqtov yog‘dirdi”.
Rossiya yil oxirida yangi safarbarlik amalga oshirishi mumkin — Bloomberg
Rossiya hukumati og‘ir yo‘qotishlar fonida askarlar yetishmasligi sababli joriy yilning oxirlaridayoq yangi safarbarlik o‘tkazishi mumkin, deb yozdi Bloomberg. Armiyaga qo‘shilganlik uchun bonuslarni oshirish yordam bermayapti.
Yaponiya bosh vaziri yangi muddat uchun nomzodini ko‘rsatmaydi
Yaponiya bosh vaziri Fumio Kishida 2024-yil sentabr oyida bo‘lib o‘tadigan hukmron partiya raisi saylovlarida ikkinchi muddatga nomzodini ko‘rsatmaydi va shu tariqa hukumat rahbari lavozimini tark etadi. Bunday qarorni u qator siyosiy mojarolar fonida qabul qildi.
Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!