Dushanba kechasi Uzbekistan Airways’ning Parijdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri reysi bilan yetib kelgan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Toshkent aeroportida tantanali ravishda kutib olindi.
Trapda ularni Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva, bosh vazir Abdulla Aripov, Sport vazirligi rahbariyati, poytaxt hokimi va boshqa mutasaddilar kutib oldi.
Aeroportning mahalliy terminalida sportchilarni qarindoshlari qarshi oldi. Ko‘plab jurnalistlar, jumladan, “Gazeta.uz” muxbirlari terminal binosiga kira olmadi.
Rasmiy marosimdan so‘ng sport delegatsiyasi ikki qavatli avtobuslarda Milliy olimpiya qo‘mitasiga olib borildi.
Muxlislar delegatsiya marshruti bo‘ylab O‘zbekiston bayroqlari va 2024-yilgi Olimpiada sovrindorlarining yuzlari tushirilgan plakatlarni ko‘tarib turdi.