Iqtisodiyot
Quyosh paneli o‘rnatilganda soliq imtiyozlarini qo‘llashga cheklov olib tashlandi
Prezident Soliq qo‘mitasiga quyosh panellarini o‘rnatishda yer va mol-mulk solig‘i imtiyozlaridan to‘liq foydalanish bo‘yicha cheklovni olib tashlash topshirig‘ini berdi. Hozirda imtiyoz faqat maydonning qayta tiklanuvchi energiya manbalari uskunalari o‘rnatilgan qismiga tegishli.
Jamiyat
Foto: Xivada “Qovun sayli” festivali o‘tkazildi
Xiva shahrida 9−11-avgust kunlari “Qovun sayli” festivali bo‘lib o‘tdi. An’anaviy festivalda 60 ta pavilon tashkil qilinib, unda 125 ga yaqin qovun navi namoyish etildi. Yangibozor tumani Gran-priga loyiq ko‘rilib, Tracker avtomobili bilan taqdirlandi. Foto.
Termizda Imom Termiziy nomidagi islom instituti tashkil etildi
Adliya vazirligi Imom Termiziy nomidagi islom institutini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi. Unga 2024−2025 o‘quv yili uchun qabul 14-avgustdan 20-avgustgacha davom etadi. Mamlakatdagi oliy diniy ta’lim muassasalari soni 4 taga yetdi.
Hafta davomida harorat ko‘tariladi, lekin oxirida yana pasayadi
O‘tgan hafta oxirida pasaygan harorat yangi hafta davomida yana ko‘tariladi. Dushanbadan havo +37…+43 darajagacha isiydi. Payshanba kuni shimoli-g‘arbiy hududlarga salqin havo kirib kela boshlaydi, juma kuni esa barcha hududlarga tarqaladi.
IIV Salim Abduvaliyevning o‘limini rad etdi
O‘zbekiston IIV matbuot xizmati YouTube`dagi “Avtoritet” kanali tomonidan tarqatilgan Salim Abduvaliyev (“Salimboy”) o‘limi haqidagi xabarni rad etdi.
Zomindagi dor yo‘li 18-avgustgacha yopildi
“Zomin” sayyohlik-rekreatsion zonasidagi dor yo‘li 12-avgustdan 18-avgustga qadar ishlamaydi. Bu paytda yilda bir marta o‘tkaziladigan profilaktika ishlari olib boriladi.
Toshkent shahri hokimligi — mahallalarda yer uchastkalarini sotish platformasi ishga tushgani haqida
Toshkentda mahallalardagi yer uchastkalari sotiladigan va ijaraga beriladigan projects.toshkentinvest.uz platformasi ishga tushdi. Yig‘ilgan mablag‘lar mahalla va tuman rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltiriladi, deya ta’kidladi hokimlik. Shahar ma’muriyati sotuvga qo‘yilgan bolalar maydonchasiga ham izoh berdi.
O‘zbekistonda bitiruvchilarning deyarli 60 foizi hali ish topolgani yo‘q — bandlik vaziri
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musayev deputatlarga OTMlarni bitirgan 214 ming nafar bitiruvchidan 126 ming nafari (59 foizi) hali ham ishsiz ekanini aytdi. Avgust-sentabr oylarida mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga ularni joylashtirish rejalashtirilmoqda.
Toshkent hokimligi Beruniy xiyobonini obodonlashtirish bo‘yicha takliflarni yig‘moqda
Toshkent hokimligi Beruniy xiyobonini (Beruniy metro bekati yonida) obodonlashtirish bo‘yicha o‘rganish olib bormoqda. Rezidentlar u yerda nimani xush ko‘rishi, qanday obyektlar va funksiyalarni ko‘rishni xohlashi, shuningdek, hudud harakatlanish imkoniyati cheklanganlar uchun qanchalik qulay ekanini ko‘rsatishi mumkin.
Respublika perinatal markazida 4 egizak tug‘ildi
Toshkent tumanida yashovchi 23 yoshli ayol 4 nafar egizak — 3 qiz va 1 o‘g‘ilni dunyoga keltirdi. Chaqaloqlarning ahvoli yaxshi, ularning zarur vitaminlar hamda ona suti bilan oziqlanishi neonatolog-shifokor va hamshiralar nazorati ostida.
“Yangi O‘zbekiston yoshlari nimaga qodir ekanini butun dunyoga ko‘rsatdi”. Prezident — sportchilarning Olimpiadadagi ishtiroki haqida
Shavkat Mirziyoyev sportchilarning Parij Olimpiadasidagi ishtiroki munosabati bilan tabrikladi. “Tokio Olimpiadasidan keyin top-15 ga kiramiz deb, katta maqsad qo‘ygandik… Bu yangi O‘zbekiston yoshlari nimaga qodir ekanini butun dunyoga ko‘rsatdi”, — dedi u.
Surxondaryoda 10 yoshli qizga uyatsiz harakatlar qilishda gumonlangan erkak qo‘lga olindi
Denov tumanida 32 yoshli erkak qo‘shnisining 10 yoshli qiziga uyida hech kim yo‘qligidan foydalanib, uyatsiz qiliqlar qilganlikda gumonlanmoqda. Bolalar ombudsmani so‘rovi asosida unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va qamoq ehtiyot chorasi qo‘llandi.
Namanganda o‘qituvchilarni o‘t-o‘lan yulishga majburlagan maktab direktori jarimaga tortildi
Pop tumanidagi 43-maktab direktori ta’til paytida o‘qituvchilarga o‘t-o‘lan yuldirdi. Uning aytishicha, “saylov jarayonlari nazorati uchun kelganlar obodonlashtirishni ko‘radi”. Bandlik vazirligining ma’lum qilishicha, direktor 17 mln so‘m miqdorida jarimaga tortildi.
Sport
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Toshkent aeroportida kutib olinadi (sportchilar korteji yo‘nalishi)
12-avgust kuni O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Toshkent aeroportining 3-terminalida tantanali kutib olinadi. Olimpiada chempionlari va sovrindorlari aeroportdan MOQ binosigacha avtobus kortejlarida harakatlanadi.
Jahon
Ukrainaning Kurskdagi operatsiyasi maqsadi noma’lum, ammo bu armiya ruhiyatini ko‘tardi — Economist
Ukrainaning Rossiyaning Kursk viloyatidagi hujumidan ko‘zlangan yakuniy maqsad noma’lumligicha qolmoqda. Rossiya Federatsiyasi frontning boshqa hududlaridan qo‘shinlarini Ukraina xohlaganchalik tez olib chiqmayapti. Ammo operatsiya ukrainaliklarning ruhiyatini allaqachon ko‘targan, deb yozadi The Economist.
Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!