O‘zbekistonlik taekvondochi Ulug‘bek Rashitov Parijdagi Olimpiya o‘yinlarining final bosqichiga chiqdi. U kamida kumush medalni kafolatladi.

68 kg vazn toifasida Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni bo‘lgan 22 yoshli sportchi o‘z yurishini darhol 1/8 finaldan boshladi. Uning birinchi raqibi gonkonglik 21 yoshli Lo Vay Fang bo‘ldi.

Rashitov uni umumiy 2:0 (birinchi davrada 12:0, ikkinchisida 9:2) hisobida mag‘lub etdi.

Chorak finalda o‘zbekistonlik sportchi 2022-yilgi jahon chempioni va Osiyo vitse-chempioni xitoylik 23 yoshli Lyan Yushuayni kutayotgandi. Rashitov ikkala raundda ham 2:1 va 9:2 hisobida zafar quchdi (video).

Yarim finalda u 2019-yilgi jahon vitse-chempioni va Yevropa o‘yinlari chempioni ispaniyalik 27 yoshli Xaver Peres bilan uchrashdi.

Ulug‘bek Rashitov birinchi raundni xotirjamlik bilan o‘tkazdi (7:3), biroq, katta ehtimol, raqibini chap oyog‘i bilan tepib, og‘riqdan yiqilib tushganida jarohat oldi. Shundan so‘ng o‘zbekistonlik oqsoqlana boshladi. Ikkinchi raund 3:3 hisobida yakunlandi va u o‘z faoliyatida ikkinchi marta Olimpiada finaliga chiqdi (jang videosi).

9-avgustga o‘tar kechasi soat 00:19 da “oltin” uchun kechadigan bahsda Rashitov Zaid Abdul Karim (Iordaniya) bilan uchrashadi.

Foto

olimpiada-2024, olimpiya o‘yinlari 2024, parij-2024, ulug‘bek rashitovolimpiada-2024, olimpiya o‘yinlari 2024, parij-2024, ulug‘bek rashitovolimpiada-2024, olimpiya o‘yinlari 2024, parij-2024, ulug‘bek rashitov

olimpiada-2024, olimpiya o‘yinlari 2024, parij-2024, ulug‘bek rashitovolimpiada-2024, olimpiya o‘yinlari 2024, parij-2024, ulug‘bek rashitovolimpiada-2024, olimpiya o‘yinlari 2024, parij-2024, ulug‘bek rashitovolimpiada-2024, olimpiya o‘yinlari 2024, parij-2024, ulug‘bek rashitov