7-avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qorao‘zak tumaniga Anvar Maxsetovich Baymuratov hokim etib tayinlandi. Bu haqda Jo‘qorg‘i Kenges xabar berdi.

Baymuratov 1983-yil 11-iyulda Nukus shahrida tug‘ilgan.

2020-yildan bugunga qadar Qorao‘zak tumani hokimining o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi.

U, shuningdek, Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi, Qoraqalpog‘iston Xususiylashtirilgan korxonalarga kumaklashish va raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida ma’suliyatli lavozimlarda faoliyat olib borgan.

Shu kuni Qoraqalpog‘istonning Taxiatosh tumanida ham tayinlov bo‘ldi va hokimlik lavozimi Kamiljan Aytbayevga yuklandi.