O‘tgan oy sayyorada kuzatuvlar tarixidagi rekord darajadagi ikkinchi eng issiq iyul bo‘ldi, deya xabar beradi Copernicus Yevropa iqlim o‘zgarishi xizmati.

2024-yil iyul oyida global o‘rtacha havo harorati 16,91 darajani tashkil etdi. Bu 1991−2020-yillarning shu davriga nisbatan 0,68 darajaga yuqori va 2023-yil iyulida belgilangan avvalgi maksimal ko‘rsatkichdan atigi 0,4 darajaga past.

Shu tariqa ketma-ket 13 oy davomida qayd etilgan eng yuqori haroratlar bo‘yicha rekordlar seriyasi buzildi, deb ta’kidladi Copernicus.

“Rekord oylar qatori nihoyasiga yetdi, lekin juda kichik muddatga. Global miqyosda 2024-yil iyul oyi deyarli 2023-yilning iyuli — tarixiy rekorddagidek issiq bo‘ldi… Umumiy kontekst o‘zgarmadi: bizning iqlimimiz isishda davom etmoqda. Iqlim o‘zgarishining halokatli oqibatlari 2023-yildan ancha oldin boshlangan va global issiqxona gazlari emissiyalari nolga yetgungacha davom etaveradi”, — dedi Copernicus direktori o‘rinbosari Samanta Berjess.

O‘tgan iyul oyida ham tarixdagi eng issiq ikki kun qayd etildi — 22 va 23-iyul. Dastlab 21-iyul eng issiq kun deb e’lon qilingandi, lekin keyingi ikki kun uning rekordini yangiladi.