Toshkent shahrida IIV tezkor-qidiruv departamenti va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan kuchli ta’sir etuvchi dori vositalarini “zakladka” usulida noqonuniy tarqatishda gumon qilingan ikki nafar shaxs qo‘lga olindi, deb xabar qildi IIV matbuot xizmati.
Qo‘shma tadbir davomida chakana narxi 35,692 milliard so‘m (2,8 million dollar) bo‘lgan 42,8 kilogramm kuchli ta’sir etuvchi dori vositalari musodara qilindi.
“Apteka narkotiklari"ning bir qismi qo‘lga olinganlardan birining Chevrolet Spark avtomashinasi yukxonasidan topilgan — u 36 kg “pregabalin” dori vositasini kir yuvish kukunlari o‘ramlari va boshqa idishlarga yashirib qo‘ygan.
Giyohvand moddalar saqlash uchun qadoqlangan xonadondan qolgan “tovarlar”, shuningdek, dori vositalarini qadoqlash uchun idishlar va jihozlar olib qo‘yilgan.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.