8-avgust kuni Ostona shahrida Shavkat Mirziyoyevni Qozog‘istonning “Oltin Qiron” (“Oltin burgut”) ordeni bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Qardosh mamlakatning oliy davlat mukofotini Qosim-Jomart Toqayev topshirdi.

O‘zbekiston yetakchisi ko‘p millatli O‘zbekiston xalqi nomidan minnatdorlik bildirib, bunday yuksak mukofot ikki xalqning ko‘p asrlik chinakam do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik rishtalarini mustahkamlash bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlarga berilgan baho, shuningdek, O‘zbekiston va Qozog‘iston munosabatlarini yangi tarixiy bosqich — strategik sheriklik va ittifoqchilik darajasiga olib chiqish sari mushtarak intilishlarning e’tirofi ekanini ta’kidladi, deyiladi xabarda.

“Oltin Qiron” oliy ordeni bilan davlat arboblari Qozog‘iston bilan do‘stona munosabatlarni mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasi uchun taqdirlanadi.

Foto

“олтин қирон”, шавкат мирзиёев, қосим-жомарт тоқаев