Artel va Energia Allianse d.o.o. kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik boshlangani e’lon qilindi.
22-iyulda Artel maishiy texnikasini yetkazib berish bo‘yicha 10 million dollarlik shartnoma imzolandi. Tovarlarning birinchi partiyasi 30-iyulda jo‘natiladi.
Ushbu hamkorlik doirasida Artel mahsulotlari, jumladan, konditsionerlar, suv isitgichlari, muzlatgichlar, televizorlar, changyutgichlar, o‘rnatilgan pechlar, pechlar, kir yuvish mashinalari va oshxona davlumbazlari Bosniya va Gersegovina iste’molchilariga taqdim etiladi.
Mazkur hamkorlik ikki kompaniya va ikki davlat o‘rtasidagi samarali hamkorlikning boshlanishi bo‘lib, savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar ochadi.
Reklama huquqlari asosida.