7-avgust kuni Afg‘onistonda qayta tiklangan Naybobod temiryo‘l stansiyasi ochildi. Tiklash ishlari “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan Termiz mintaqaviy temiryo‘l uzeli va “So‘g‘diyona Trans” shu’ba korxonasi bilan hamkorlikda Afg‘oniston temiryo‘l boshqarmasi o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida amalga oshirildi, deya xabar berdi O‘TY.

2023-yilning noyabrida O‘zbekiston va Afg‘oniston temiryo‘l kompaniyalari rahbarlari Hayraton — Naybobod — Mozori Sharif temiryo‘lining bir qismini ta’mirlashga kelishib olgandi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” rahbari Zufar Narzullayev ta’mirlash ishlarini “sifatli, qulay narxda va 50 foizlik chegirma bilan amalga oshirishga” va’da bergan.

афғонистон, temiryo‘l, o‘zbekистон temir yo‘llari

Kompaniya Hayratondan Mozori Sharifgacha bo‘lgan liniya qurilishini 2010-yil noyabr oyida yakunlagan. Uning uzunligi 75 km, loyiha qiymati esa 129 mln dollarni tashkil etgan. Kompaniyaning “So‘g‘diyona Trans” shu’ba korxonasi 2011-yil dekabr oyida Afg‘onistonda ushbu liniyadan foydalanish va xizmat ko‘rsatish maqsadida ochilgan.

Marosim davomida Naybobod stansiyasiga birinchi yuk vagonlari keldi, bu “mintaqaning transport infratuzilmasini rivojlantirishda yangi bosqichning boshlanishini anglatadi”, deyiladi xabarda.

афғонистон, temiryo‘l, o‘zbekистон temir yo‘llari

Qayta tiklangan liniyasining ochilish marosimida prezidentning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev va “O‘zbekiston temir yo‘llari” rahbarining birinchi o‘rinbosari Hikmatulla Rahmetov ishtirok etdi.

Afg‘oniston tomonini bosh vazir o‘rinbosari Mulla Abdulg‘ani Barodar, Balx viloyati gubernatori Muhammad Yusuf Vafo, jamoat ishlari vaziri Al-haj Muhammad Iso, jamoat ishlari vazirining temiryo‘l masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Al-haj Baxtulrahmon Sharafat va boshqa amaldorlar ishtirok etdi.

афғонистон, temiryo‘l, o‘zbekистон temir yo‘llari

Mansabdorlar o‘z chiqishlarida Afg‘onistonning mintaqaviy yuk logistikasidagi muhimligini ta’kidladi.

“Dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan mamlakat Markaziy Osiyoni Janubiy Osiyo bilan o‘z hududidan o‘tadigan avtomobil va temiryo‘l yo‘nalishlari orqali bog‘lashda muhim rol o‘ynaydi. Shu nuqtai nazardan, o‘zbek temiryo‘l mutaxassislari tomonidan tiklangan Naybobod stansiyasi Rossiya, Qozog‘iston, Xitoy va Yevropa mamlakatlaridan Afg‘oniston orqali Pokiston, Hindiston va boshqa Janubiy Osiyo mamlakatlariga yuklarni tashish uchun muhim markaz bo‘ladi”, — deya ta’kidladi O‘TY.

афғонистон, temiryo‘l, o‘zbekистон temir yo‘llari

Mozori Sharif — Kobul — Xarlachi yo‘nalishi bo‘ylab Transafg‘on temiryo‘li qurilishi loyihasini amalga oshirishni jadallashtirishga alohida e’tibor qaratildi. “Ushbu loyiha mintaqadagi logistika aloqalarini sezilarli darajada yaxshilash va savdo-iqtisodiy hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar yaratishga imkon beradi”, — deyiladi xabarda.

Tadbir yakunida Afg‘oniston tomoni o‘zbekistonlik hamkasblariga 75 km uzunlikdagi temiryo‘l liniyasi va Naybobod stansiyasida ta’mirlash-tiklash ishlari uchun minnatdorchilik bildirdi. Ikkala tomon ham barcha ishtirokchilar uchun o‘zaro manfaatli bo‘ladigan hamkorlikni davom ettirishdan manfaatdorligini qayd etildi.