7-avgust kuni Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Ostonaga yetib bordi, deb xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.
Ostona xalqaro aeroportida O‘zbekiston rahbarini Qozog‘iston yetakchisi Qosim-Jomart Toqayev kutib oldi.
Ertaga ikki mamlakat rahbarlari raisligida Oliy davlatlararo kengashning birinchi majlisi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston-Qozog‘iston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini chuqurlashtirish, siyosat, savdo-iqtisodiyot, investitsiya, transport-kommunikatsiya, energetika, qishloq xo‘jaligi va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni kengaytirish masalalari atroflicha muhokama qilinadi.
Dasturga muvofiq, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvi va “Markaziy Osiyo + Yaponiya” formatidagi muloqotda ishtirok etish ham rejalashtirilgan.