Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev O‘zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyevani qabul qildi, deb xabar qildi Akorda matbuot xizmati.
️Uchrashuv davomida ikki davlat o‘rtasidagi ko‘p qirrali sheriklikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
“️Qosim-Jomart Toqayev Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikning ittifoqchilik va strategik xususiyatini qayd etib, oliy va yuqori darajadagi siyosiy muloqotni samarali kengaytirish uchun prezident adminstratsiyalari o‘rtasida yaqin aloqalar o‘rnatish muhimligini ta’kidladi”, — deyiladi xabarda.
Axborot, mafkuraviy, madaniy-gumanitar va ta’lim sohalari, yoshlar siyosati sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirishga ham e’tibor qaratildi.
️Qozog‘iston prezidenti 5-avgust kuni Ostona shahrida “Zakovat” xalqaro intellektual o‘yinlari bo‘lib o‘tayotganini olqishladi va bu kabi tadbirlar xalqlarning madaniy yaqinlashuvida muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.