O‘zbekiston va Afg‘oniston avtomobillarda yuk tashuvchilar uchun yig‘im va to‘lovlarni kamaytirish masalasini muhokama qildi, deb xabar qildi Transport vazirligi matbuot xizmati.

4-iyul kuni Toshkent shahrida transport vaziri Ilhom Mahkamov Afg‘oniston sanoat va savdo vaziri Nuriddin Aziziy boshchiligidagi Afg‘oniston delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muzokaralar chog‘ida yuklarni tashishda undiriladigan yig‘im va to‘lovlarni kamaytirish orqali milliy tashuvchilar uchun qulay shart sharoitlar yaratish yuzasidan fikr almashildi.

afg‘onистон, ўзбекистон temir yo‘llari, ҳайратон

TOLO news nashrining yozishicha, Afg‘oniston temiryo‘llari boshqarmasi “O‘zbekiston temiryo‘llari” bilan Hayraton — Mozori Sharif temir yo‘l liniyasini rekonstruksiya qilish bo‘yicha shartnomani olti oyga uzaytirdi.

Afg‘oniston jamoat ishlari vazirligi vakili Muhammad Ashraf Haqshinasning so‘zlariga ko‘ra, bu “temiryo‘lda qolgan ishlarni yakunlash” imkonini beradi.

Muzokaralarda trans-afg‘on temir yo‘li loyihasi bo‘yicha texnik tadqiqotlar ham muhokama qilindi. Bundan tashqari, afg‘on temiryo‘lchilarni O‘zbekistonda tayyorlash uchun stipendiyalar ajratish masalasiga ham to‘xtalib o‘tildi.

afg‘onистон, ўзбекистон temir yo‘llari, ҳайратон

Bir kun avval O‘zbekiston-Afg‘oniston biznes-forumi bo‘lib o‘tgan, unda transport vazirining birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarov so‘nggi 2 yilda mamlakatlar o‘rtasidagi transport koridori bo‘ylab yuk tashish hajmi 1,5 barobar ko‘payganini ma’lum qilgan. Avtomobil va temiryo‘l tashuvlarida bir qator imtiyozlar berilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Afg‘oniston muvaqqat hukumati yaqin kelajakda O‘zbekistondan olib kelinayotgan tovarlar uchun tenglik asosida belgilangan to‘lovlarni joriy qiladi. Ikki tomonlama va tranzit tashuvlarni rivojlantirish o‘zaro manfaatli bo‘lishi kerak, dedi u.

“Shuningdek, O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston davlatlari o‘rtasida tranzit bitimini birgalikda ishlab chiqish va imzolashga hamda Chobahor bitimiga qo‘shilishga tayyormiz”, — deya qo‘shimcha qildi Omarov.

Hayraton-Mozori Sharif temir yo‘lini rekonstruksiya qilish ishlari joriy yilning 21-fevral kuni boshlangandi. Liniyadagi ishlar bilan bir qatorda Hayraton bekatining “B” parkida ham restavratsiya ishlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston va Afg‘oniston temir yo‘l kompaniyalari rahbarlari o‘tgan yilning noyabr oyida Hayraton — Naybobod — Mozori Sharif temiryo‘lining bir qismini ta’mirlashga kelishib olgandi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” rahbari Zufar Narzullayev ta’mirlash ishlarini “sifatli, qulay narxda va 50 foizlik chegirma bilan amalga oshirishga” va’da bergan.