Toshkent shahri Uchtepa tumanida voyaga yetmagan Malibu 2 haydovchisi yo‘l transport hodisasi sodir etdi, deya xabar bermoqda poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi.

Qayd etilishicha, holat 27-iyun kuni soat 20:10 atrofida tumanning Ko‘rkam obod mahallasida — Milliy gvardiya binosi qarshisida sodir bo‘lgan. 16 yoshli A.X. Malibu 2 avtomashinasini boshqarib ketayotib, yo‘lni belgilanmagan qismidan kesib o‘tayotgan 39 yoshli piyodani urib yuborgan.

️YTH oqibatida piyoda olgan tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Uning ahvoli og‘ir.

ўқувчи

Boshqarma xodimining so‘zlariga ko‘ra, mashina ichida Uchtepa tumanidagi 312-maktabning 4 nafar 10-sinf o‘quvchisi bo‘lgan. Ular avtomobilni ijaraga olgan, svetoforning taqiqlovchi qizil chirog‘ida va yuqori tezlikda harakatlangan.