8-iyuldan boshlab Toshkent shahri Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining Yunusobod tumani O.Zokirov ko‘chasi (sobiq Gvardeyskaya) 2-uyda joylashgan ro‘yxatdan o‘tkazish, imtihon olish bo‘limi ta’mirlash ishlari sababli yopiladi.

Boshqarma matbuot xizmati xabariga ko‘ra, haydovchilar quyidagi bo‘linmalarga murojaat qilishlari mumkin:

  • Mirobod tumani Beshkent ko‘chasi 43-uy (Fayzobod)
  • Mirobod tumani Vodil ko‘chasi 53-uy (Uzbum)
  • Chilonzor tumani Bunyodkor ko‘chasi 118A-uy (Sobir Rahimov)
  • Sergili tumani Sergili avtomashina bozor hududida.