Toshkent shahri Chilonzor tumanida 4 ta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deya xabar qilmoqda poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi.

Ma’lum qilinishicha, 2024-yilning 17-iyun kuni soat 03:00 larda Chilonzor tumani Muqimiy ko‘chasida quyidagi 4 ta avtomashina

  • 1998-yilda tug‘ilgan U.B. boshqaruvida bo‘lgan Chevrolet Menlo;
  • 1999-yilda tug‘ilgan M.A. boshqaruvida bo‘lgan “VAZ-2106”;
  • 1992-yilda tug‘ilgan M.R. boshqaruvida bo‘lgan “VAZ-2107”;
  • 1990-yilda tug‘ilgan B.R. boshqaruvida bo‘lgan Nexia-2 ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.

YTH natijasida Menlo haydovchisi tan jarohat olgan. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.