O‘zbekiston musulmonlari idorasi 16-iyun, yakshanba kuni Qurbon hayiti namozining hududlardagi o‘qilish vaqtlarini e’lon qildi.

Qurbon hayiti namozi vaqtlari:

  1. Andijon viloyati 05:00
  2. Namangan viloyati 05:00
  3. Farg‘ona viloyati 05:00
  4. Toshkent shahri 05:10
  5. Toshkent viloyati 05:15
  6. Sirdaryo viloyati 05:15
  7. Jizzax viloyati 05:15
  8. Samarqand viloyati 05:20
  9. Surxondaryo viloyati 05:20
  10. Qashqadaryo viloyati 05:25
  11. Navoiy viloyati 05:25
  12. Buxoro viloyati 05:30
  13. Xorazm viloyati 05:45
  14. Qoraqalpog‘iston Respublikasi 05:50

намоз vaqtlari, қурбон hayiti, қурбон hayiti namozi

Ushbu jadvalda ko‘rsatilgan vaqtlar quyosh chiqqanidan keyin 15−20 daqiqalik farqni inobatga olib belgilandi, deyiladi xabarda.

Qurbon hayiti bayrami kuni Toshkent metropoliteni odatdagidan ikki soat oldin, ya’ni tongi soat 03:00 dan ish boshlaydi. Bundan tashqari, bayram kunida barcha yo‘lovchilar uchun Toshkent metropoliteni soat 03:00 dan 10:00 ga qadar yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatadi.

Prezident qaroriga ko‘ra, Qurbon hayiti 16-iyun — yakshanba kuni nishonlanadi. Haftasiga 5 kun ishlaydigan o‘zbekistonliklar ketma-ket 4 kun dam oladi: 17-iyun ko‘chirilgan dam olish kuni, 18-iyun esa barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni bo‘ladi.