Menga ko'p jihatdan omad kulib boqqan, deb ayta olaman. Menda ta'limga qiziqishni ota-onam uyg'otgan. Buvim — Sovet Ittifoqi va O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan ingliz tili o'qituvchisi bo'lgan, shu bois ingliz tilini 5 yoshimdan o'rganganman. Onam Samarqandda gid bo'lib ishlaydi, buning sharofati bilan bolaligimdan sayyohlar, jumladan, chet el universitetlari professorlari, hatto Oksford universiteti professorlari bilan muloqot qilish imkoniga ega bo'ldim. Ayvi Ligasi (
Ivy League) nima ekani va assotsiatsiya universitetlari qanday imkoniyatlarni taqdim etishi haqida ham aynan ulardan bilib olganman.
Boshlang'ich maktabda ukam va meni yetarlicha qattiqqo'llik bilan tarbiyalashgan, biroq taxminan 5-sinfdan menga muayyan darajada erkinlik berishdi va nima bilan shug'ullanishni mustaqil tanlash imkoniga ega bo'ldim. Ota-onam mening barcha qiziqishlarimni qo'llab-quvvatlagan: gitara chalishni istaysanmi — mana, ol, futbol yoki dzyudo bilan shug'ullanishni istaysanmi — olg'a.
Materialga izohlar