Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida Isuzu va Damas ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deya xabar qildi viloyat IIB axborot xizmati.
Qayd etilishicha, 2023-yilning 21-noyabr kuni soat 08:20 larda Uchko‘prik tumani, Mehnatobod MFY hududida 2000-yilda tug‘ilgan haydovchi Sh. E Isuzu rusumli avtomobilni boshqarib ketayotib, oraliq masofani saqlamasdan svetoforning qizil ishorasida to‘xtab turgan, haydovchi 1994-yilda tug‘ilgan B.M. boshqaruvidagi Damas bilan to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.
Oqibatda Damas yo‘lovchilari 1987-yilda tug‘ilgan M.D va 1988-yilda tug‘ilgan G.Q. (ayol)lar tan jarohati olib, voqea joyida vafot etan.
Hodisa oqibatida yana 4 nafar shaxslar tan jarohati olib, davolanish uchun shifoxonaga yotqizilgan.
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.
Holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Sh. E.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (transport boshqarish xavfsizlik qoidalarini buzish odamlar o‘limiga sabab bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llangan.